Goethe- Gap

Dj.Piligrim bilan Goethe Gap © Dj. Piligrim

Du, 25.03.2019

16:00 - 18:00

O'zbekistondagi Gyote Institut filiali

Dj.Piligrim bilan Goethe Gap

Gyote-Gap - O'zbekistondagi Gyote-institutining yangi loyihasi. Oyiga bir marta turli sohalarda mashhur,e‘tiborga sazovor va ommaga qiziq bo’lgan shaxslarni taklif qilamiz. Boshlovchimiz Sherzod Igamnazarov suhbatga taklif etilgan mehmonlar bilan faoliyati haqida suhbatlashadi, hozirgi rivojlanish tendensiyalarini muhokama qiladi va savollaringizga javob beradi.

"Gyote-Gap" tadbiri doirasida biz kino, arxitektura, musiqa va boshqa sohalardagi ba'zi qiziqarli kishilarning ish uslublarini, g'oyalari va fikrlarini ko'rsatishga intilamiz va tinglovchilarga yurtimiz madaniy hayotiga oz bo’lsada sho’ng’ib olishiga imkon beramiz. Loyihamizga Germaniyadan ham mehmonlarni taklif qilamiz.

"Gyote-Gap" tadbirlari o'zbek va rus tillarida o'tkaziladi.

Tadbirimizning ikkinchi mehmoni - O'zbekiston va butunjahonda taniqli qo'shiqchi Dj.Piligrim bo'ladi (ijodiy taxallus -asl ism Ilhom Yo'lchiev).

​Tadbirda qatnashmoqchi bo'lsangiz, iltimos, +99878 140-14-70 yoki +99890 318- 64-63 telefon raqamlariga qo'ng'iroq qiling yoki quyidagi manzilga elektron xabarnoma yuboring info@taschkent.goethe.org ​. Dastlabki ro'yxatdan o'tgan 70 kishini tadbirga taklif qilamiz.  

Ortga