Nemis tili o’qituvchilarining XIII – anjumani 2019

Shan, 15.06.2019 -
Shan, 10.08.2019

O'zbekistondagi Gyote Institut filiali

2019 yilning 7-8 noyabr kunlari O’zbekistondagi nemis tili o’qituvchilarining XIII – anjumani bo’lib o’tadi. Anjuman Xorijdagi maktablar markaziy boshqarmasi (ZfA), Nemis akademik almashuv xizmati (DAAD) va Germaniyaning O'zbekistondagi elchihonasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Bu yil ham biz Sizga bir qancha qiziqarli master klass va seminarlarni taqdim etamiz. Siz ularda ishtirok etib, o’zingizning bilim, malaka va ko’nikmalaringizni yangilash va kengaytirish, shu bilan birga o’z hamkasblaringiz bilan tajriba almashish imkoniga ega bo’lasiz.
Toshkentdagi Gyote Instituti umumiy o’rta ta’lim maktablarida, Akademik litsey va Kasb hunar kolledjida faoliyat yuritayotgan nemis tili o’qituvchilarini ushbu anjumanda ishtirok etish uchun taklif qiladi.
Ishtirok etish uchun ilovadagi formulyarni to’ldirib 10.08.2019 gacha saytda ko’rsatilgan manzilga jo’natishingizni so’raymiz.

Ortga