Loyiha haqida ma’lumot olish Germaniya Oliygohlariga Ko'prik. Pullik dastur

Jum, 30.08.2019

17:00 - 19:00

O'zbekistondagi Gyote Institut filiali

Germaniyada oliy ta`lim olishga yetaklovchi to`g`ri yol!

Germaniya oliy ta’lim muassasalarida (OTM) maktab/litsey/kasb hunar kolledjini bitirgandan so’ng hech qanday qo`shimcha tayyorlov kurslari va qabul imtihonlarisiz ta`lim olishni hohlaysanmi?
Unda ushbu dastur aynan Sen uchun!

„Germaniya oliygohlariga ko’prik“ Gyote Institutining pulli onlayn dasturi bo’lib, u Germaniya OTMlarida taxsil olish uchun zarur bo’lgan ko’nikmalarni beruvchi tayyorlov kursidir. Ushbu dasturda matematika, informatika, tabiy fanlar, texnika va iqtisodiyot yo’nalishidagi fanlardan yaxshi natijalarga ega bo’lgan, hamda nemis tilidan bilim darajasi kamida B2 bo’lgan o’rta umumta’lim maktablarining 10 sinfini tugatgan o’quvchilari, shuningdek, akademik litsey va kasb hunar kolledjining so’ngi bosqichiga o’tgan talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Tadbir davomida Sen loyihaga doir o’zingni qiziqtirgan barcha savollarga javob olish imkoniga ega bo’lasan.

Ortga