Goethe- Gap

Goethe Gap © Goethe-Institut Taschkent

Du, 26.08.2019

19:00 - 20:30

O'zbekistondagi Gyote Institut filiali

Goethe Gap

Gyote-Gap - O‘zbekistondagi Gyote-institutining yangi loyihasi. Oyiga bir marta turli sohalarda mashhur, e’tiborga sazovor va ommaga qiziq bo'lgan shaxslarni taklif qilamiz. Boshlovchimiz Sherzod Igamnazarov suhbatga taklif etilgan mehmonlar bilan ularning faoliyati haqida suhbatlashadi, hozirgi rivojlanish tendentsiyalarini muhokama qiladi va savollarga javob beradi

"Gyote-Gap" tadbiri doirasida biz kino, arxitektura, musiqa va boshqa sohalardagi ba'zi qiziqarli kishilarning ish uslublarini, g'oyalari va fikrlarini ko'rsatishga intilamiz va tinglovchilarga yurtimiz madaniy hayotiga oz bo’lsada sho’ng’ib olishiga imkon beramiz. Loyihamizga Germaniyadan ham mehmonlarni taklif qilamiz.

 "Gyote-Gap" tadbirining ushbu oydagi sonida “Stixiya” (STIHIA) tadbiri doirasida olingan intervyu va videolavxalar hamda loyiha tashkilotchisi Otabek Suleymanov va germaniyalik rejissyor Diana Neke bilan uchrashuv uyushtirilib, Toshkentdagi ushbu loyihaga qiziqishi bo'lgan fuqorolar uchun davra suhbati utkaziladi.

Ushbu tadbirda ekologiya va atrof muhit uchun qayg‘uruvchi insonlar va boshqa qiziquvchilar qatnashishlari mumkin.
 

Ortga