GOETHE SLAM & Mahorat darslari

Bu safar Gyote-Institut germaniyalik shoirlar Temye Tesfu va Yulian Hoynlarni taklif qilgan. Ular 29 noyabr kuni "Poetri Slam" ning barcha ishtirokchilari uchun mahorat darslari o'tkazadilar, mavzu tanlash va uslublar haqida ma'lumot beradilar, yangi formatlar bilan tanishtiradilar. 
 
30 noyabr kuni soat 19:00da  mushoira bo'lib o'tadi. Unda barcha ishtirokchilar o'z matnlari bilan ishtirok etadilar. Ishtirokchilarning chiqishlari hakamlar hay'ati tomonidan baholanadi.
Ismingiz, yoshingiz va matningizni (o'zbek, rus yoki nemis tilida) Gulnoz.Nabieva@goethe.de elektron manziliga 24 noyabr kuniga qadar yuboring va  mahorat darslari shuningdek kechamiz ishtirokchisiga aylaning!
 

Ortga