Anjuman O’zbekistondagi nemis tili o’qituvchilarining XIV anjumani 2021

O’zbekistondagi nemis tili o’qituvchilarining XIV anjumani 2021 © Goethe-Institut Usbekistan

Pay, 04.11.2021 -
Jum, 05.11.2021

Gyote-Institut Toshkent

2021 yilning 04-05 noyabr kunlari O’zbekistondagi nemis tili o’qituvchilarining XIV anjumani bo’lib o’tadi. Anjuman Xorijdagi maktablar markaziy boshqarmasi (ZfA), Nemis akademik almashuv xizmati (DAAD) va Germaniyaning O'zbekistondagi elchihonasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Bu yil ham biz Sizga bir qancha qiziqarli master klass va seminarlarni taqdim etamiz. Siz ularda ishtirok etib, o’zingizning bilim, malaka va ko’nikmalaringizni yangilash va kengaytirish, shu bilan birga o’z hamkasblaringiz bilan tajriba almashish imkoniga ega bo’lasiz.
O‘zbekistondagi Gyote Instituti umumiy o’rta ta’lim maktablarida, Akademik litsey va Kasb hunar kolledjida faoliyat yuritayotgan nemis tili o’qituvchilarini ushbu anjumanda ishtirok etish uchun taklif qiladi.
Ishtirok etish uchun ilovadagi formulyarni to’ldirib 12.08.2021 gacha saytda ko’rsatilgan manzilga jo’natishingizni so’raymiz.

Ortga