Sahna o‘qishlari Zamonaviy nemis dramaturgiyasi kunlari

Besh o'chirilgan xabar © Candy Welz / Kunstfest Weimar 2020

Se, 21.02.2023

18:30 - 19:30

Mark Vaylning "Ilkhom" teatri

"BESH O'CHIRILGAN XABAR"

Muallif: FALK RICHTER
Rus tiliga Yekaterina Voronova tarjimasi

Butun spektakl pandemiya avj olgan davrda to'satdan uyda yolg'iz qolgan bir aktyorning monologididan iborat. Faust rolini yodlash uchun bir muddat tashqi aloqalardan uzoqlashgan va telefonni o‘chirib qo‘ygan aktyor bu uch hafta ichida dunyoda nimalar sodir bo‘lganidan mutlaqo bexabar. Telefonni yoqib, u dunyo butunlay o'zgarganini, uning barcha spektakllari bekor qilinganini va ko‘chaga chiqish taqiqlanganini ko'radi. Aktyor oʻzi yolg’izlikda qolib, oʻzi va atrofidagi dunyo bilan tushunishga harakat qiladi. Yangi qodalar uni uyda yolg'iz yoki umr yo‘ldoshi bilan qolishini talab qiladi. Lekin agar uning doimiy umr yo‘ldoshi bo'lmasa-chi? Hayoti davomida unga juda mos keladigan ko'plab doimiy bo‘lmagan munosabatlar bilan yashagan bo’lsa-chi?
Va endi vaqt to'xtadi, u ochiq muzlatgich oldida yalang'och turib, bularning barchasi insoniyat ustidan qilingan katta tajriba, deb o'ylaydi. U, xuddi Faust singari, dunyo taqdirini tushunishni va buzilgan munosabatlarni - dunyoda va o'z hayotini tiklashni xohlaydi. Har safar u sobiq sevgilisiga SMS yozishni boshlaydi ...

21.02.2023 yil 18:30 da
Chiptalarni teatr kassalaridan sotib olish mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi raqamlar orqali olish mumkin:
(+998) 71-241-2241, (+998) 71-241-2252 .
 

Ortga