Kino san’ati
Kino ortidagi ayollar

Kino ortidagi ayollar
"Buddenbruklar" filmidan olingan kadr: deyarli 50 yil davomida kino sohasida kostyumlar bo'yicha dizayner bo'lib ishlagan Barbara Baum tomonidan ishlab chiqilgan qimmatbaho tarixiy kostyumlar. | Rasm : © picture alliance/ Bavaria Film International / Everett Collection |  

Nemis aktrisalari jamoatchilik e'tiborida bo'lsa, sahna ortidagi ayollar noma'lum bo'lib qolmoqda. Ushbu adolatsiz vaziyatni bartaraf etish maqsadida biz sizga nemis kino sanoatida tanishga arziydigan 10 ayol haqidagi ma'lumotni taqdim etmoqchimiz.

 

KAROLINA LINK (CAROLINE LINK), Rejissyor

Uning "Sukunat ortida" (Jenseits der Stille) filmidagi debyut roli 1998 yilda Oskar mukofotiga nomzod bo'lgan. Besh yildan so'ng, Karolina Link  "Afrikada hech qayerda" (Nirgendwo in Afrika) filmida o'ynagan roli uchun "Eng yaxshi xorijiy film" nominatsiyasida Oskar mukofotiga sazovor bo'ldi. 2018 yilda uning komik aktyor Xape Kerkeling (Hape Kerkeling)ning hayoti asosida suratga olingan "Bolaga toza havo kerak" (Der Junge muss an die frische Luft) film unga rejissyorlik ishida katta muvaffaqiyat olib keldi. 2019 yilda uning Judit Kerr romani asosida suratga olingan "Pushti quyonni o'g'irlagan Gitler" (Als Hitler das rosa Kaninchen stahl) filmi ekran yuzini ko'rdi. 

ANNETTE Hess (ANNETTE HESS), ssenariy muallifi

Annette Hess Germaniya haqida hikoya qiluvchi televizion filmlar ("Chekpoynt Charlidagi ayol" (Die Frau vom Checkpoint Charlie), "Vaysenzee" (Weißensee) va teleseriallar (Ku'damm) uchun ssenariylar yozadi. U Berlinda "Ssenariy yozish" yo'nalishida tahsil oldi va uning muvaffaqiyatli bitiruv ishi Axim fon Borris (Achim von Borries) tomonidan suratga olingan"Xayoldagi sevgidan nima foyda" (Was nützt die Liebe in Gedanken" filmiga asos bo'lib xizmat qildi. . Bugungi kunda Hess Germaniyadagi eng muvaffaqiyatli ssenariy muallifi hisoblanadi. 2021 yilda premyerasi bo'lib o'tishi rejalashtirilgan Amazonning "Biz hayvonot bog‘i temir yo'l stansiyasi bolalarimiz" (Wir Kinder vom Bahnhof Zoo) nomli serialining bosh ssenariy muallifi ham Hess va uning jamoasi hisoblanadi.

Tea fon Harbou (THEA VON HARBOU), ssenarist

Tea fon Harbou nemis kinematografiyasi tarixida muhim rol o'ynagan: XX asrning 20-yillarida u taniqli ovozsiz filmlar uchun ssenariylar yozgan, shuningdek Fridrix Vilhelm Murnau (Friedrich Wilhelm  Murnau) kabi rejissyorlar bilan hamkorlik qilgan. U turmush o'rtog'i, rejissyor Fritz Lang bilan birgalikda  "Metropolis" yoki "M" kabi filmlar uchun ssenariy yozgan. Biroq, Harbou haqida tortishuvlar hali ham davom etmoqda. 1933 yilda o'z vatanini tark etgan Fritz Langdan farqli o'laroq, u natsizm hukm surgan davrida o'z faoliyatini davom ettirdi va natsistlar partiyasining (NSDAP) a'zosi edi. 

Regina Tsigler (REGINA ZIEGLER), prodyuser

1973 yilda Regina Tsigler, 29 yoshida o'zining ishlab chiqarish kompaniyasiga asos soldi. U ushbu sohada ishlagan birinchi ayollardan biri bo'ldi. Uning ilk filmi "Men o'lganman deb o'ylardim" (Ich dachte, ich wäre tot) deb nomlangan. Bu Volf Gremmning  (Wolf Gremm) rejissyorlik va ssenariy muallifi sifatidagi debyuti edi. Regina  keyinchalik “Deutscher Filmpreis” mukofotini olgan Gremmga turmushga chiqdi. Taxminan oradan 50 yil o'tib, 500 ga yaqin filmlar va teleseriallar suratga olingach, Tsigler Germaniyaning eng taniqli prodyuseri hisoblanadi. U nafaqat ko'ngilochar filmlar, balki Filip Shtoltslning (Philipp Stölzl) "Men hali sira Nyu-Yorkda bo'lmaganman" (Ich war noch niemals in New York) yohud  Volker Schlyondorffning (Volker Schlöndorff) "Montokka qaytish" (Rückkehr nach Montauk)  kabi jiddiy kinokartinalari ustida ham ishlagan. 

Simone Ber (SIMONE BÄR),
Aktyorlar bilan ishlaydigan rejissyor

Volfgang Bekkerning (Wolfgang Becker) "Xayr, Lenin!"  (Good Bye, Lenin!) filmi nafaqat ko'plab mukofotlarga sazovor bo'ldi, balki aktyor Daniel Bryulni (Daniel Brühl) butun dunyoga mashhur qildi. Bunda 90-yillarning o'rtalaridan beri filmlar uchun mos aktyorlarni tanlab kelayotgan Simone Berning ham hissasi katta. Masalan, u Kristof Valsga  (Christoph Waltz) ham dunyo miqyosida shuhrat qozonishiga yordam berdi. Ber shuningdek, Florian Henkel fon Donnersmarkning (Florian Henckel von Donnersmarck) Oskar mukofotiga sazovor bo'lgan "O'zgalar hayoti" (Das Leben der Anderen) filmi  aktyorlari tarkibi uchun mas'ul edi. 

JUDIT KAUFMANN (JUDITH KAUFMANN), OPERATOR

Judit Kaufman 30 yildan ortiq vaqt davomida operator bo'lib ishlab keladi. U bir necha bor "Deutscher Filmpreis" va "Deutscher Kamerapreis" mukofotlari bilan taqdirlangan. Uning mehnat faoliyati to'g'risida hakamlar hay'ati fikri: "Dialoglar tugagan joyda uning tasvirlari boshlanadi". Uning ishiga yaqinda suratga olingan Sherri Hormannning (Sherry Hormann) "Shunchaki ayol" ("Nur eine Frau") va Ina Vaysening (Ina Weisse) "Tinglash" ("Das Vorspiel") filmlari misolida baho berish mumkin. 2006 yildan beri Kaufman "Oskar" akademiyasining a'zosi, ammo shu kungacha u Gollivud filmlarini yaratish bo'yicha barcha takliflarni rad etdi. 

MONIKA SHINDLER (MONIKA SCHINDLER) , FILM MUHARRIRI

Monika Shindler "montaj ustasi" atamasini unchalik yoqtirmaydi, u "kino muharriri" so'zini afzal ko'radi. 2017 yilda u "Deutscher Filmpreis" mukofotini olgan birinchi kino muharriri bo'ldi va bugungi kungacha uning professional faoliyati 100 dan ortiq filmlarni o'z ichiga oladi. GDR-ga qaytib kelganida, uning kino muharrirlik kasbi nemis tilida "Shnittmeisterin" deb atalardi, u o'z karyerasini 1965 yilda Egon Gyunterning (Egon Günther)"Qachon ulg'ayasan, azizim Adam" (Wenn du groß bist, lieber Adam) filmidan boshlagandi. Ammo Gyunterning ushbu filmi ta'qiqlangan edi. Tinch inqilobgacha u Germaniya Demokratik Respublikasining "Deutsche Film AG (DEFA)" korxonasida ishlagan va keyinchalik Andreas Dresen(Andreas Dresen)  va Stefan Lakant (Stephan Lacant) kabi rejissyorlarning filmlari ustida ishlashni muvaffaqiyatli davom ettirgan. 

SILKE BUR (SILKE BUHR), POSTANOVKACHI RASSOM

U qahrabo xonasini qayta tiklagan va dengiz bo'yida uy qurgan: Silke Bur Germaniyada mashxur postanovkachi-rassom sifatida tanilgan. Duradgorlikka o'qigan Silke keyinchalik ichki dizayn va dekoratsiya dizayni bo'yicha ta'lim oldi va bugungi kunda Florian Henkel fon Donnersmark (Florian Henckel von Donnersmarck) hamda Kris Kraus  (Chris Kraus) kabi rejissyorlar bilan ishlaydi. U o'z faoliyati uchun ko'plab mukofotlarga sazovor bo'ldi. 2020 yilda u Burhon Qurboniyning (Burhan Qurbani) "Berlin Aleksandr maydoni" ("Berlin Alexanderplatz") filmi ustida ishlagani uchun "Deutscher Filmpreis" mukofotini qo'lga kiritdi.
Dengiz bo'yidagi uy
 
"Oda kundaliklari" (Poll) filmi uchun u dengiz bo'yida uy qurdi. Silke Bur faoliyati mobaynida ko'plab mukofotlarga sazovor bo'ldi. | Surat: © picture alliance, "Oda kundaliklari" filmidan olingan kadr

BARBARA BAUM, kostyumlar bo'yicha rassom

Film voqealari haqida hikoya qiluvchi kiyimlar: Germaniyaning eng taniqli kostyum dizaynerlaridan biri Barbara Baum deyarli 50 yildan buyon filmlar uchun kostyumlar yaratmoqda. "Effie Briest fontani" (Fontane Effie Briest), " Maria Braunning to'yi" (Die Ehe der Maria Braun) yoki Lili Marlen (Lili Marleen)  filmlarida u Rayner Verner Fassbinder (Rainer Werner Fassbinder) bilan ishlagan. Shuningdek, u Haynrix Brelerning ( Heinrich Breloer) "Buddenbruklar" (Buddenbrooks) singari turli xil tarixiy filmlarida ishlagan. Uning asarlari nafaqat nemis kinematografiyasida, balki Baum dunyoga mashhur yulduzlar uchun kostyumlar ham yaratgan, masalan Meril Strip (Meryl Streep) uchun. 

ANNETTE FOKS (ANNETTE FOCKS), FILM BASTAKORI

Bolaligida Annette Foks bir nechta musiqa asboblarida chalishni bilgan va birinchi asarlarini bastalagan. Bir talabaning bitiruv-malakaviy ishiga kuy bastalagandan so'ng, u o'z kasbini kino musiqasi bilan bog'lashga qaror qildi. Bastakor sifatida Foks ko'plab milliy va xalqaro filmlarni ishlab chiqarishda qatnashgan, masalan, Bille Augustning (Bille August)"Lissabonga tungi poyezd" (Nachtzug nach Lissabon) yoki Markus Imbodenning "Abadiylik va bir kun" (Auf ewig und einen Tag)  kabi filmlariga prodyuserlik qildi. Fridemann Fromning (Friedemann Fromm)"Basseyndagi yigitlar" (Die Freibadclique) filmi uchun yaratgan musiqasi uchun "Deutscher Fernsehpreis" mukofotiga sazovor bo'ldi.