Nemis tilini o'qitishni o'rganish (DLL) Gyote- Institutining ta'lim, malaka oshirish va qo'shimcha ta'lim dasturidir. Mazkur dastur nemis tili chet tili (DaF) fani sifatiga tegishli bo'lib, u bu fanning aktual ilmiy holatidan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan va o'qituvchi malakasini oshirishda innovatsion didaktik yondashuvni, yani harakat tadqiqotini (Aktionsforschung) o'z ichiga oladi.