Tez kirish:

To'g'ri mazmunga o'tish To'g'ri asosiy navigatsiyaga o'tish

Mening DLL4 kursidagi tajribam

Nemis tili o'qituvchilari
Foto: © Privat

Gyote-Institutining "DLL" (nemis tilini o'qitish va o'rganish) onlayn malaka oshirish kursi nemis tili chet tili (DaF) va ikkinchi til (DaZ) sifatida dars o'tayotgan nemis tili o'qituvchilariga mo'ljallangan bo'lib, didaktik va uslubiy bilimlarni, shuningdek darslarni o'tkazish bo'yicha foydali takliflarni beradi. PASCH tashabbusi menga zavq va katta qiziqish bilan o'tgan mashg'ulotlarda qatnashish imkoniyatini berdi. 

Muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyi o'quvchilari Foto: © Privat
Men uchun nemis tili o'qituvchisi sifatida ushbu trening davomida birinchi o'rinda: mening kasbiy rivojlanishim, didaktik va uslubiy bilimlarni kengaytirish, pedagogik mahoratni oshirish, shuningdek motivatsion va xilma-xil darsni loyihalash uchun yangi impulslar, yangi kasbiy aloqalar uchun imkoniyat demakdir. Gyote-Institutining xalqaro miqyosda tan olingan sertifikati men uchun juda muhim edi. Men boshqa kurs ishtirokchilari bilan birgalikda kurs modullarini muvaffaqiyatli tugatgandan va yakuniy testdan o'tgandan so'ng ushbu sertifikatni oldik.

Dilfuza Atamuradova, Lehrerin des Lyzeums am Institut für Ingenieur- und Wirtschaftswissenschaften in Karschi Foto: © Privat DLL kursi juda amaliyotga va kurs bo'limlarining mazmuni juda ma'lumotlarga boy edi. Kursda taqdim etilgan ko'plab mashqlar va o'qitish usullaridan men nemis tili darslarimda foydalanmoqchiman. Ko'p vazifalar o'zimni talabalarning o'rniga qo'yishga undadi. Shunday qilib, men maktab yillarimni esladim va o'quvchilarning haqiqiy vaziyatda o'zini qanday tutishini tushunib yetdim va shu bilan xatolarimdan yaxshiroq saboq oldim.
Umuman olganda, men o'quv platformasida onlayn o'qitishdan juda mamnun edim, chunki men nemis tili darslarida nazariy va amaliy jihatdan o'rgangan dars materiallaridan foydalanishim mumkin.
Trening men uchun muvaffaqiyatli o'tdi va men uni nemis tilining barcha o'qituvchilariga tavsiya qilaman - Dilfuza Atamuradova, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyi o'qituvchisi.