Interfaol ko‘rgazma KOINOT. INSON. AQL IDROK.

ch. d. o'.g.: Dr. Andrea Wegener (MPG), Christian Kahnt (GI), Rüdiger Willems (MPG), Petra Thurnhofer (GI), Prof. Dr. Martin Stratmann (MPG), Rainer Pollack (GI), Johannes Ebert (GI), Nivin El Sioufy (GI) © Goethe-Institut; Foto: Loredana La Rocca

Se, 19.04.2022 -
Yak, 19.06.2022

Toshkent politexnika muzeyi

2021-yil iyun oyida Myunxendagi shtab-kvartirasida "Koinot. Inson. Aql idrok." ko‘rgazmasining ochilishi

Gyote-Instituti va Maks Plank jamiyati tabbiy va texnik fanlarga bag’ishlangan "Koinot. Inson. Aql idrok. (UMI)" interfaol ko'rgazmasini taqdim etadi. Ushbu ko’rgazma, Germaniyadagi bugungi kunda dolzarb bo’lgan ilg'or tadqiqotlarga bag'ishlangan bo’lib, u Maks Plank jamiyatining tadqiqot natijalarini taqdim etadi, shuningdek, Germaniyada bugungi kunda olib borilayotgan va kelajakda olib borilishi rejalashtirilgan tadqiqot loyihalarining mohiyatini ochib beradi va bizni qiziqtiradigan va biz hali ham javob berishga harakat qilayotgan muhim savollarni o’rtaga tashlaydi.

Ko'rgazmaning asosiy maqsadi, tadqiqotlarning turli sohalariga qiziqish uyg'otish, odamlarni o'z-o'zini anglash uchun ilhomlantirish va nemis tilini o'rganish istagini uyg'otishdir.
Ko'rgazma besh qismdan iborat: "Koinot", "Homo sapiens yo'li", "Bizning miyamiz", "Antropotsendagi hayot" va "Sun'iy intelekt".

Ko'rgazma nafaqat asosiy bilimlarni, balki ayni paytda Germaniyada zamonaviy ilg'or tadqiqotlarni tushunarli matnlar, ko'plab fotosuratlar, grafikalar, sahna ko'rinishlari, animatsiyalar, filmlar, podkastlar va interaktiv elementlar bilan tanishtiradi.

Ko'rgazma nafaqat maktab o'quvchilari va nemis tilini o'rganayotgan talabalar uchun, shuningdek, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar va Germaniyaga qiziqqan har bir kishi uchun mo'ljallangan. Nemis yoki o'zbek tillarida interaktiv ekskursiyada ishtirok etish imkoniyati mavjud.

Siz individual tarzda tashrif etuvchilar guruhining bir qismi sifatida ko'rgazma exponatlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Biroq, agar Siz talabalar/o’quvchilar bilan ekskursiyalarda ishtirok etishni istasangiz, Siz uchun maxsus ekskursiya tashkil etishimiz uchun, oldindan ro'yxatdan o'tishingiz kerak bo’ladi.
 
Roʻyxatdan oʻtish

Ko’rgazmaga tashrifingiz davomida Siz smartfon yoki planshetingiz bilan (agar u ushbu funksiyani qo‘llab-quvvatlasa) Augmented Reality (AR) dasturi yordamida barcha materiallar bilan o‘zbek yoki rus tillarida tanishishingiz mumkin. Buning uchun Siz ko’rgazma uchun mo’ljallangan maxsus bepul UMI AR ilovasini yuklab oling:

android uchun
iPhone uchun

Qo'shimcha ma’lumotlarni ko'rgazmada olishingiz mumkin.

Agar Siz ko‘rgazma bo’ylab interfaol vazifa/kvestda ishtirok etmoqchi bo‘lsangiz, o’z smartfon yoki planshetingizga Actionbound bepul ilovasini oldindan yuklab oling:

android uchun
iPhone uchun

Qo'shimcha ma’lumotlarni ko'rgazmada olishingiz mumkin.

Matnlar bilan ko'rgazmaning internet sahifasida ham tanishish mumkin: www.goethe.de/umiUZ

Ortga