Kitob taqdimoti, fotoko’rgazma, mahorat darsi Philipp Meuser va Toshkentning peshtoq mozaikalari

Philipp Meuser & Tashkent Mosaik Buldings Goethe-Institut Usbekistan © Philipp Meuser

Se, 30.04.2024 -
Cho, 01.05.2024

Gyote-Institut Toshkent

Toshkentdagi 157 ta mozaika madaniy meros obyektlari qatoriga qo’shilganidan keyingi ilk tadbir

30 aprel kuni Toshkentdagi Gyote-Institutida Philipp Meuser o‘zining “Panel qurilishlariing peshtoqidagi san’ati – Sovetlar davridagi Toshkentda aka-uka Jarskiylarning ijod mahsullari” nomli kitobini taqdim etadi va sobiq sovet modernistik sahnasining taniqli faollari va rassomlari bilan suhbat o‘tkazadi. Shu kuni Gyote-Institutida Aleksandr Fyodorovning yangi fotoko'rgazmasi ochiladi, ertasi kuni esa mahorat darsi bo'lib o'tadi.

Professor doktor Philipp Mouser Berlinlik taniqli meʼmor boʻlib, Yaponiya, AQSh, Yevropa va Oʻzbekiston meʼmoriy madaniyatlari oʻrtasidagi bogʻliqlikni targʻib qiladi. Yillar davomida u sobiq Sovet Ittifoqi, ayniqsa, Oʻzbekiston meʼmoriy merosini asrab-avaylashga eʼtibor qaratdi va aka-uka Jarskiylarning Toshkentdagi koʻplab binolar peshtoqidagi sanʼati asarlarini xalqaro miqyosda mashhur qildi.
Philipp Mouser aka-uka Jarskiylar bilan shaxsan tanish bo'lgan va tirikligida ular bilan muloqot qilgan.

30-aprel kuni Philipp Meuser taniqli rassomlar bilan birgalikda Toshkentdagi 157 ta peshtoqlar mozaikasi madaniy meros sifatida davlat muhofazasiga olinganidan keyin ilk muhokama davrasini ochib beradi. Unda u oʻzining “Panel binolardagi peshtoq sanʼati – Sovet Toshkentidagi aka-uka Jarskiylarning ishi” kitobini taqdim etadi. Aleksandr Fyodorov esa Gyote-Institutida 20 ta mozaik tasvirdan iborat fotokoʻrgazmasini ochadi.
Taqdimotda aka-uka Nikolay va Aleksandr Jarskiylarning bevalari ham ishtirok etishi ko’zda tutilgan.

Ertasi kuni janob Moyser, taqdimot kunidagi mehmonlar bilan birgalikda (shu jumladan Aleksandr Fyodorov) to'rt soatlik seminar tashkil qiladi, uning so’nggida aka-uka Jarskiy ishlari bo'yicha marshrut ko'rsatilgan xarita tuziladi.

Gyote-Institutidagi ushbu noyob muhokamada hamda mahorat darslarida ishtirok eting!

Kitob taqdimoti, munozara, fotoko'rgazmaning ochilishi: 30.04.2024 soat 19:00 da;
Mahorat darsi ingliz tilida: 01.05.2024 soat 10:00 dan - 14:00 gacha.

Ortga