Onlayn | Xalqaro onlayn anjuman RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA NEMIS TILINI O’QITISH

Raqamli texnologiyalar davrida nemis tilini o’qitish  

Jum, 27.11.2020 -
Shan, 28.11.2020

O‘zbekistondagi Gyote-Instituti O‘zDJTU huzuridagi Chet tillarini o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi, Germaniya Akademik Almashuv Xizmati (DAAD)ning “Dhoch3” ta’lim dasturi, hamda, “O‘zbekistonda xorijiy tillar” nomli elektron ilmiy-metodik jurnal va Internet portali – fledu.uz hamkorligida 2020 yil 27-28 noyabr kunlari «Raqamli texnologiyalar davrida nemis tilini o‘qitish» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjuman o‘tkazadi. Anjuman zamonaviy ilm-fanning eng dolzarb ilmiy mavzularini, yangi o‘quv dasturlarni, hamda texnik va uslubiy ishlanmalarni aks ettirishga qaratilgan.

Anjumanning maqsadi: ta’lim sohasi, xususan, chet tillarini o‘qitish sohasidagi innovatsion texnologiyalar, yangi o‘quv-uslubiy va texnik imkoniyatlar, zamonaviy pedagogika muammolari va dolzarb masalalari yuzasidan ilmiy fikr-mulohazalar almashishdan iborat.
Anjuman ta’limning barcha bosqichlarida nemis tilini o‘qitish jarayonig eng so‘nggi tadqiqotlari, shuningdek, raqamli texnologiyalar sohasidagi ilg‘or xorijiy va milliy tajribani joriy etish natijalarini o‘z ichiga oladi.

Anjumanning ishchi tillari: nemis, o‘zbek va rus tillari.

Batafsil ushbu havola orqali: https://www.goethe.de/ins/uz/uz/spr/eng/daf-unterricht.html

Ortga