Tez kirish:

To'g'ri mazmunga o'tishTo'g'ri ikkinchi darajali navigatsiyaga o'tishTo'g'ri asosiy navigatsiyaga o'tish
Shumbola 2020 
Partner 

Shum bola 2021 | 06.-10.05.2021

O'zbekistondagi Gyote instituti, "O'zbekkino" Milliy agentligi hamda "Shlingel" Xalqaro film festivali (Kemnitz, Germaniya) hamkorlikda "Shum bola 2021" VIII. bolalar va o'smirlar kinofestivalini taqdim etadi.
 
Biz bolalar va o'smirlarga atalgan xalqaro postanovkalarni yoritadigan Xalqaro "Shlingel" Film Festivali  (Kemnitz, Germaniya) dasturidan o'rin olgan bolalar va o‘smirlar uchun eng so'nggi nemis filmlarni namoyish qilamiz. Shuningdek O’zbekistonda ishlab chiqarilgan qisqa metrajli filmlar ham namoyish qilinadi.

Tel.: +99878 1401473

Medison © Dor Film-West_Foto_Stefanie Leo

06.05.2021 | 14:00 | DUBLYAJ O'ZBEK TILIDA
Medison (2019)

O'n ikki yoshli Medison professional velosipedchi, otasi Timo singari muvaffaqiyatga erishishni o’z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
Timo qiziga jamoaviy velosiped poygasi ma’nosini anglatuvchi Medison ismini berib, haddan tashqari ko’p talablar qo'yadi. Garchi Medison hali yosh bo'lishiga qaramay, yozgi velosport bo'yicha kichik kadrlar tayyorlash o'quv-mashg'ulotlar lagerida tayyorgarlik o’tishi kerak. Lagerda qizning sportga bo’lgan ishtiyoqi yanada ortadi. Jamoa poygasi paytida o‘z g'azabini jilovlay olmagani tufayli Madison mashg'ulotlarni tark etishga majbur bo‘ladi. Buning ustiga u endi onasi bilan Tirol tog'larida o’z tatilini o’tkazishi kerak. Ammo Medison taslim bo'lmaydi. U o'sha erda mashq qilishni davom ettiradi. To‘satdan u jarohat oladi va mashq qilishni to’xtatadi. Shu sabab velosiped poygasi asta sekin uning etibori markazidan chiqa boshlaydi. Shu yerlik yangi do'sti Viki va boshqa bolalar bilan tanishadi. Ular birgalikda tog'larda velosiped uchishadi. Aynan tengdoshlari bilan Medison ilk bor hotirjam va hech qanday bosimsiz velosiped haydashdan zavqlana boshlaydi.

Oskar va Lilli – Biz bir oz qolamiz WEGA-Film © Foto: Vincent-Entekhabi

07.05.2021 | 11:00 | DUBLYAJ O'ZBEK TILIDA
OSKAR VA LILLI – BIZ BIR OZ QOLAMIZ (2020)

8 yoshli Oskar va uning 13 yoshli opasi Lilli olti yil oldin onasi bilan birga Chechenistondan Evropaga qochib ketishadi. Bolalar endi Vena shahrini o'zlarining yangi vatani deb bilishadi va nemis tilida ravon so‘zlashishadi. Ammo ba’zi sabablarga ko‘ra oila deportasiya qilinishi talab etiladi. Taqdir qiyinchiliklaridan qattiq shikastlangan ona, umidsizlikdan o'z joniga qasd qilishga urinib, ruhiy kasallar shifoxonasiga tushib qoladi. Oskar va Lilli har-xil homiy ota-onalar qaramog’iga tushib, bir-biridan ajratiladi.

Yakari Foto: © TobyGenkel

08.05.2021 | 11:00 | O'ZBEK TILIGA DUBLYAJ QILINGAN
YAKARI (2020)

Kichkina hindu bola Yakari do'stlari Mittivoy, Kamalak va Shalpangquloq iti bilan har kuni turli sarguzashtlarni boshdan kechiradi. Ammo Yakari qabilasi uzoq vaqt davomida behuda tutishga urinayotgan yovvoyi „Mo’maqaldiroq“ isimli poni ot bilan do'stlashishni istaydi. Bir kuni Yakari yana qochishga urunib qamalda qolgan „Momaqaldiroq“ning hayotini saqlab qolgani uchun burgutdan nafaqat jasurlik uchun beriladigan patini, balki hayvonlar tilini ham tushuna olish qobilyatini oladi. Ushbu qobilyat bilan Yakari yovvoyi ponini ketiga tushadi. Ammo „Momaqaldiroqning“ do'stligini qozonish uchun uning tilini bilishdan ko'proq narsa talab etiladi. Tushkunlikka tushgan Yakari o'z qabilasiga qaytishga urunadi. To’satdan yaqinlashayotgan bo'ronlar uning sarguzashtini sayohatga aylanadi. Yakari kichgina „Mo’maqaldiroq“ bilan yana uchrashadi, u endi Yakarining hayotini saqlab qoladi. Ular birgalikda mashaqqatli sayohatni boshlashdi va Yakari o'zining jasoratini qayta topadi va „Mo‘maqaldiroqga“ do'st tutinadi.

Jodugar malika _

08.05.-10.05.2021
JODUGAR MALIKA (2020)

08.05.2021 | 14:00 | RUS.
10.05.2021 | 11:00 | O'ZB.

Amalindis va Sattl ismli malikalar egzak bo’lishiga qaramay bir biridan juda ham farq qiladi: birinchi tug’ilgan Amalindas xushmuomala va tarbiyali bo’lsa, ikkinchisi yovvoyi va tabiatni sevuvchi Sattl nomi bilan tanilgan. Sattlni tabiatan boshqachaligini qirol Guderig unchalik xush ko’rmaydi. Ammo qirolni so’zsiz tushinadigan Amalindis bilan qirolni o’z rejalari mavjud. Aytishlaricha, ikkala qirollikni birlashtirish maqsadida qirol Amalindasni shahzoda Tankaga turmushga bermoqchi bo’ladi. Ammo to'ydan sal oldin Amalindisni uchta yovuz jodugar o'g'irlab ketadi. 

Zirapchalar va chuqur dengiz xazinasi _

09.05.-10.05.2021
ZIRAPCHALAR VA CHUQUR DENGIZ XAZINASI (2020)

09.05.2021 | 11:00 | O'ZB.
10.05.2021 | 14:00 | RUS.

Tatil Tarun va uning dugonasi Elis uchun juda qiziqarli voqea bilan boshlandi, chunki Tarunning onasi Yasvinder xonimning Irlandiyadagi tadqiqot bazasidan o'ta maxfiy bo‘lgan hujjatlari o'g'irlanadi. Dengiz tadqiqitchisi bo‘lgan Jasvinder dengizda plastik chiqindilarni kamaytirishga qaratilgan loyiha ustida ish olib borayotgan edi. Zudlik bilan u Gamburgga qaytib, kichik Vizemunde port shahriga borishi kerak. U Tarun va Elisni detektiv o’ynashni bas qilish sharti bilan birga olib ketishga ko‘nadi. Ammo tunda Jasvinder honimni o'g'irlab ketishadi va endi ular o'z bergan va'dalariga amal qilmaydilar. Jinoyat izi Tarun va Elisni chiqindilarni yo'q qilish bilan shug‘ullanuvchi Fleckmann kompaniyasiga olib keladi, ehtimol bu xalqaro miqyosda ishlaydigan chiqindi mafiyasining rahbari bo’lishi mumkin. Yasvinder honimning yordamchisi Patriziya va uning hamkasbi Oliver so'nggi paytlarda o’zlarini juda g'alati tuta boshlaydilar. Shunday qilib, Tarun, Elis va ularning yangi do'stlari uchun qiziqarli, kriminalistik sarguzasht boshlanadi.

Raqsga tush Foto: © Marion von der Mehden

09.05.2021 | 14:00 | O'ZBEK TILIDA
Raqsga tush (2020)

Katya Orlova taniqli baletchilar oilasida tug’iladi. Uning marhum onasi va hali ham mohir raqqos sifatida tanilgan otasi Viktorning izidan borishga barcha imkoniyatlari bor. Katya nufuzli Nyu-York balet akademiyasiga o’qishga kirish uchun juda qattiq mashq qila boshlaydi. Kutilmagan baxtsizlik tufayli uning otasi Viktor sahnada og’ir shikaslanadi va bu uning karyerasiga nuqta qo’yadi. Endi oilaviy an'analarni davom ettirish umidi faqat Katyadan. Shuning uchun Viktor butun e’tiborini faqat Katyaga qaratadi. Ammo Katyaning ko’nglini allaqachon ko'cha raqqosalari guruhinining sehrli, akrobatik raqslari egallagan. O’z mashg'ulotlaridan so'ng u "Battle-Land" ning doimiy mehmoniga aylanadi va ikki tomonlama hayot kechira boshlaydi. Ertalab u "Uyqudagi go'zal" baletini mashq qilsa, tushdan keyin u iqtidorli hip-hop raqqosi Marlon bilan raqs tushadi. Ammo Marlon taniqli "Sonic Tigers" guruhiga qo’shilish istagida Katya bilan tayyorlagan raqsni namoish qilishni xoxlaganida, Katya jiddiy muammoga duch keladi.


Matbuot xabari