O‘zbekistondagi nemis tili o’qituvchilarining anjumani 2025
2025 yil 6 va 7 noyabr kunlari O‘zbekistondagi nemis o’qituvchilarining XVIII-anjumani bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir O‘zbekistondagi Gyote-Institut tomonidan Xorijdagi maktablar markaziy boshqarnmasi (ZfA), Germaniya akademik almashinuv xizmati (DAAD) va Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
O‘tgan yillardagidek, mamlakatimizning turli nuqtalaridan tashrif buyurgan nemis tili o'qituvchilari uchun bir qator qiziqarli mahorat darslari va seminarlar taqdim etildi. Ular ushbu anjumanda nafaqat o'z bilim, malaka va ko’nikmalarini oshirishga erishdilar, balki turli hududlaridan kelgan hamkasblari bilan fikr almashish imkoniga ega bo‘ldilar. O‘qituvchilar nafaqat metodik bilimlarini kengaytirdilar, balki chet tili o’qitishning zamonaviy metodikasini ham o‘zlashtirdilar.