Tez kirish:

To'g'ri mazmunga o'tish To'g'ri asosiy navigatsiyaga o'tish
Deutsch mit der KinderuniFoto: JackF © AdobeStock

Kinderuni maktabda

Nemis bolalar uchun onlayn universiteti maktab ta'limi uchun ko'plab dasturlarni taklif etadi. Berilgan ma'ruzalarni ma'lum bir mavzu bo'yicha bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish maqsadida nemis darslarida foydalanish mumkin. Ular to'g'ridan-to'g'ri nemis tilidagi darsga qo'shilishi mumkin, boshqa mavzular bilan uzviy bog´langan holda fanlararo darslarda foydalanilishi mumkin, shuningdek, sinfdan tashqari ishlar dasturi sifatida taqdim etilishi mumkin. Ular loyiha ishlariga ruhlantiradi, shuningdek, kurslar, yozgi lagerlar va boshqalar uchun ideal komponentlardir.

Boshqa bo'limlarga

Biz sizga Kinderuni ma'ruzalarining nemis tilidagi dasturlarning ma'lum mavzulariga mos keladigan tavsiyalar ro'yxatini taqdim etamiz:

  • Kinderuni maktab o'quv dasturida (o'qituvchilar uchun) (PDF, 463 kB)
  • Kinderuni maktab o'quv dasturida (bolalar va ota-onalar uchun) (PDF, 436 kB)

Tematik nemis tili darslari uchun

​Germaniya bolalar onlayn universitetini o'quv jarayoniga qo'shishni istagan nemis o'qituvchilari uchun biz 30 ta video ma'ruzaning har biri uchun bepul yuklab olish mumkin bo´lgan didaktik materiallarni taklif etamiz. Didaktik materiallarga, shuningdek o'quvchilaringizning yutuqlarini kuzatib borish uchun o'qituvchi sifatida ro'yxatdan o'ting yoki mavjud shaxsiy sahifangizga kiring. O'qituvchilar uchun materiallar chap menyuda joylashgan Fur Lehrende bo'limida mavjud.

Sinfdan tashqari ishlar dasturi

Biz CLIL yondashuvi asosida 4-5-sinf o'quvchilari uchun "Onlayn bolalar universiteti bilan nemis tili" fanlararo darsdan tashqari dasturni taklif etamiz.

Barqaror rivojlanish maqsadlari

Ushbu materiallar sizga barqaror rivojlanish maqsadlariga bag'ishlangan nemis tili, aniq va tabiiy fanlari bo'yicha qiziqarli darslar o'tkazishga imkon beradi.

Nemis tili o'qituvchilarini malakasini oshirish

Biz O´zbekiston mintaqalarida nemis tili o'qituvchilari uchun Gyote-Institut metodistlari tomonidan o´tkaziladigan malaka oshirish bo'yicha seminarlarni taklif qilamiz (so'rov bo'yicha). Bizning yangiliklarimizni ijtimoiy tarmoqlarda va loyiha telegram guruhlarida kuzatib boring.

Tadbirlar uchun materiallar

Agar siz boshqalarga bizning loyihamiz haqida aytib berishni xohlasangiz - masalan, Bolalar Onlayn Universitetining taqdimotini o'z saytingizda yoki alohida o'tkazishni istasangiz, "Hamkorlar" bo'limida joylashgan onlayn yuklab olish uchun mavjud bo'lgan ma'lumot materiallaridan foydalanishingiz mumkin.


Boshqa bo'limlarga