Xalqaro nemis tili olimpiadasi 2024
„DABEI SEIN“ – 2024 yil Xalqaro nemis tili olimpiadasi uchun O‘zbekistonda milliy saralash bosqichi. 2024-yil 16-fevral kuni O‘zbekistondagi Gyote institutida Xalqaro nemis tili olimpiadasi ishtirokchilarini aniqlash bo‘yicha milliy saralash musobaqasi o‘tkaziladi. Viloyat olimpiadalar g‘oliblari (viloyat olimpiadalarida 1-o‘rinni egallagan o’quvchilar) respublika tanloviga taklif etiladi.