Tez kirish:

To'g'ri mazmunga o'tish To'g'ri asosiy navigatsiyaga o'tish

Nemis tili o'qituvchilari uchun takliflar

Bu erda Siz nemis tili darsiga tayyorgarlik ko'rish uchun bir qator takliflarni topishingiz mumkin.

Angebote für DaF-Lehrer 
Nemis tili o'qituvchilari uchun webinarlar  

Nemis tili o'qituvchilari uchun webinarlar

Gyote institutining bepul vebinarlari nemis tili o'qituvchilari uchun mo'ljallangan. Bir soatlik vebinarlarda asosiy e'tibor sizning o‘quv mashg'ulotingiz yoki malaka oshirish darslaringiz bilan bevosita bog'liq bo'lgan uslubiy, didaktik yoki mamlakatshunoslikga doir mavzularni qamrab oladi.
Barcha vebinarlar virtual sinfxonada bo'lib, bir soat davom etadi. Sizning ishtirok etishingiz uchun kerak bo'ladi: planshet, noutbuk yoki kompyuter, barqaror Internet aloqasi.
 

JOURNAL „VITAMIN.DE“ AUSGABE №84  

„VITAMIN.DE“ jurnali

Koronovirus bilan bog'liq holat tufayli, nemis tili o'qituvchilari va nemis tili o’rganuvchilari hozirda Vitamin de jurnalining yangi sonining bosma nusxasini o’z vaqtida ololmaydilar. Shu sababli, № 84 sonli nashr Vitamin de guruhi tomonidan PDF-fayl, elektron jurnal shaklida bepul taqdim etildi. "Vitamin de" jurnali, veb-saytdagi o'quv materiallari va audio yozuvlar yordamida uyda nemis tili bilan bemalol shug’ullanish imkonini beradi. Bundan tashqari, o’quv mashg’ulotlari vaqtincha onlayn tarzda o’tilayotgan davrda juda yaxshi qo’l kelishi mumkin.

MATERIALLAR:
PDF-Datei der Ausgabe Nr.84
Arbeitsblätter und Audios zur Ausgabe Nr.84 

DaF in der Onleihe  

DAF IN DER ONLEIHE

Onleihe Gyote Institutlining onlayn kutubxonasi bo’lib, Sizga elektron kitoblar, audio materiallar, elektron matbuot, obuna orqali onlayn tarzda qabul qilish va fozdalanish imkoniyatini beradi. Kitoblarni bunday kutubxonaga qaytarishga hojat yo'q: qabul qilingan fayl belgilangan muddatdan keyin o’z-o’zidan sizning nomingizdan o’chiriladi.

WEBPROJEKTE FÜR JUGENDLICHE  

YOSHLAR UCHUN WEBLOYIHALAR: MATERIALLAR

Bu erda o'qituvchilar va yoshlar uchun turli xil til darajalaridagi qiziqarli dasturlar mavjud. Musiqa, ilm-fan, ixtirolar, atrof-muhit, shaharlar va tabiat kabi mavzularga oid materiallar, shuningdek, ertaklar nemis tilini chet tili sifatida o’rgatish/o‘rganish uchun ko'plab imkoniyatlarni taqdim etadi.

STEP INTO GERMAN  

STEP INTO GERMAN

Bu erda siz darsga tayyorgarlik ko'rish uchun ko'p vaqt sarflamasdan foydalanishingiz mumkin bo'lgan juda ko'p video, podkast va o’quv ishlanmalarni topishingiz mumkin.

LERNMATERIAL AUF PASCH-NET.DE © PASCH-net / Andrea Gehwolf

PASCH-net tarmog'ida o'quv materiallari

PASCH-net tarmog'i dolzarb mavzular bo'yicha video, matn va audio materiallarni taqdim etadi. Nemis tilini o'rganuvchilar uchun bepul o'quv materiallari til darajasi va mavzusi bo'yicha osongina va tezda saralanishi mumkin. O'qituvchilar esa bu yerda o’quv mashg’ulotlarida foydalanish uchun qiziqarli g’oyalarni, shuningdek, yuklab olish uchun o'quv materiallarini topadilar. Bundan tashqari, PASCH-net.de Instagram va Facebook orqali muntazam ravishda kichik vazifalarni berib boradi.

KinderUni  

Nemis onlayn bolalar universiteti

Haydovchisiz mashina qanday yuradi? Nega chig’anoq ichida shovullash eshitiladi? Samolyot bilan tunukali banka bir biri bilan qanday bog’liq? 3D-printer qanday ishlaydi? Nemis onlayn bolalar universitetida bolalar shu va shu kabi ko’p savollarga javob topishadi!

JuniorUni  

Nemis onlayn yoshlar universiteti JuniorUni

Nemis onlayn yoshlar universiteti JuniorUni – bu Gyote-Institutning yoshlar uchun bepul ta’lim loyihasi. U rototexnika, kosmonavtika, texnologiyalar, tabiatshunoslik, energiya va barqaror rivojlanish sohalariga oid nihoyatda qiziqarli savollarga javob topish va shu tariqa nemis tilini o’rganish imkoniyatini beradi.

DEUTSCH FÜR DICH!  

Nemis tili Siz uchun

"Deutsch für dich" bu Gyote-Institutining nemis tili o'qituvchilari va o‘rganuvchilari uchun bepul onlayn hamjamiyatidir. U til o’rganishni boshlaganlar uchun ham, ilg'or o'quvchilar uchun ham turli mashqlar va qiziqarli o'yinlar to’plamini taklif etadi. Siz til darajasi va mavzusiga qarab, tegishli o'quv materialini tanlashingiz mumkin. Doimiy tahririyat tavsiyalarida materiallarni tanlash bo'yicha ko'rsatmalar mavjud. Jamoa forumida foydali maslahatlar olishingiz va boshqa foydalanuvchilar bilan fikr almashishingiz mumkin.

DEUTSCHLANDLABOR  

Germaniyaga tadqiqot safari

Nemislar har kuni kolbasa iste'mol qiladilarmi? Har bir nemisda qimmatbaho mashina bormi? Va haqiqatan ham hammanarsa Germaniyada mukammal ishlaydimi? Nina va David bilishni xohlashadi!
Nemis tilini A2 darajasida biladigan o'rganuvchilar uchun 20 ta video epizoddan iborat tadqiqot safari.

24H DEUTSCH  

24 soat nemis tili

„24 soat nemis tili“ YouTube kanalida tomoshabinlar nemis xalqining kundalik hayoti bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar. Kunning har soati ma’lum bir mavzuga bag’ishlangan bo’lib, Sizga yosh nemis tili o'qituvchisi Ida har bir qismda hamrohlik qiladi. Har bir epizod nemis tilini o'rganishga bag'ishlangan qiziqarli mavzularni o’z ichiga oladi: grammatikadan tortib o'rganish strategiyasigacha, tez aytishlardan tortib  kon'yunktiv II gacha .

DEUTSCHLERNERKANAL AUF FACEBOOK  

Facebookdagi Gyote institut kanali

Facebookdagi Gyote institutining til o'rganuvchilar uchun kanalini kuzatib boring va har kuni nemis tilida yangi so'z va iboralarni o‘rganing.