Bolalar universitetining onlayn platformasiga tashrif buyuring va shaxsiy akkaunt/sahifa yaratish bo'yicha ko'rsatmalarga amal qilgan holda o´z shaxsiy akkaunt/sahifangizni yarating. Bolalar universitetida o'qish va nemis tilini o'rganish sizga yoqadi degan umiddamiz!
Onlayn platformani brauzeringizda oching, yaxshisi Google Chrome yoki Mozilla Firefox. Sahifaning yuqori qismida o´zbek tilidagi versiyasini tanlash uchun UZ tugmasini va rus tilidagi versiyasini tanlash uchun RU tugmasini bosishingiz mumkin:
Ro'yxatdan o'tishdan oldin siz bolalar universiteti o'qituvchilardan biri bo´lmish professor Eynshteyn bilan video tomosha qilishingiz mumkin.
Video ostida "Kirish" tugmasi joylashgan. "Kirish" tugmachasini bosganingizda, siz yangi shaxsiy sahifangizni/akkauntingizni yaratishingiz mumkin bo'lgan boshqa sahifaga o'tasiz (agar sizda shaxsiy sahifa/akkauntingiz bo'lsa, foydalanuvchi nomingiz va parolingizni kiriting):
"Shaxsiy sahifa/akkaunt yaratish" tugmasini bosish orqali siz uchta turdagi shaxsiy sahifa/akkauntlardan birini tanlashingiz mumkin:
Sizga mos keladigan shaxsiy sahifa/akkaunt turini tanlang: bolalar uchun, o'qituvchilar uchun (o'quv materiallaridan foydalanish imkoniyati mavjud) yoki ota-onalar uchun. Ota-onalar va o'qituvchilar uchun mo'ljallangan versiyada siz faollashtirish kodi yordamida bolalaringiz va o'quvchilaringizning yutuqlarini kuzatishingiz mumkin bo'ladi.
Siz ro'yxatdan o'tganingizdan va onlayn platformaga kirganingizdan so'ng, Bolalar Universitetining bosh sahifasi quyidagicha ko'rinadi:
Yuqorida siz quiyidagi tugmalarni ("Uy") , "Ta'lim qoidalari" ni ko'rasiz (ushbu bo'limda platformadan foydalanish bo'yicha qisqa ma´ruza tarzidagi qo'llanma mavjud). Barcha to'plangan mukofotlar "Mening mukofotlarim" bo'limida saqlanadi:
Yuqoridagi o'ng burchakda foydalanuvchining shaxsiy sahifasi(profili) joylashgan. O´z ismingiz ustiga bosasiz va shu orqali siz o'zingizning shaxsiy sahifangiz/profilingizga kirishingiz mumkin:
“Ma'lumotni tahrir qilish” tugmachasini bosish orqali o’quvchilar shaxsiy ma'lumotlarini o'zlarining profillariga kritishlari mumkin:
Bu erda siz parolingizni o'zgartirishingiz mumkin, va "Guvohnoma" tugmachasini bosish orqali siz bolalar universitetining guvohnomasini yuklab olishingiz mumkin. Ushbu guvohnoma PDF formatida saqlanishi va chop etilishi mumkin. Unda Bolalar universiteti o’quvchisining hozirgi holati va qaysi ma'ruzalar o'qib o´rganilganligi ko'rsatilgan.
Shaxsiy sahifa/akkauntlarni birlashtirgan holda, siz bolalar / o’quvchilar nemis tilini o´rganishdagi yutuq va rivojlanishini kuzatishingiz mumkin. Ota-onaning yoki o'qituvchining shaxsiy sahifasini/akkauntini o'quvchining shaxsiy sahifasi/akkaunti bilan bog'lash uchun sizga har bir shaxsiy sahifa/akkaunt uchun taqdim etiladigan faollashtirish kodi kerak bo'ladi. Ushbu "Profile" bo'limining pastki qismida joylashgan:
Ushbu kod har bir shaxsiy sahifa/akkaunt uchun avtomatik ravishda tuziladi va agar kerak bo'lsa, o'qituvchilar va / yoki ota-onalarga berilishi mumkin. Kodni olganingizdan so'ng uni o'zingizning profilingizga qo'shishingiz va bolalar / o'quvchilarning yutuqlari va rivojlanishini kuzatishingiz mumkin ("Hisobotlarni ko'rish"):
Bolalar universitetida o'qishni boshlash uchun uchta fakultetning birida - "Inson", "Tabiat", "Texnika" da biron bir ma'ruzani tanlang:
Siz tanlagan ma'ruza ochilganda ekran quyidagicha ko'rinishga ega bo´ladi:
E'tibor bering: "Für Lehrende" bo'limi faqatgina o'qituvchilar uchun mo´ljanlangan, chunki unda faqat nemis tilida mavjud bo'lgan didaktik materiallar mavjud.
Har bir ma'ruza quyidagilardan iborat:
- video shaklidagi ma´ruza, uch tilda (DE, RU, UZ)
- video bilan bog'liq uchta vazifa
- bitta qo´shimcha(bonusli) topshiriq

Ma'ruza paytida ekranda nemischa so'zlar paydo bo'ladi. Videodan keyingi vazifalarga kirish uchun ushbu nemischa so'zlarni kursor bilan "ushlab" olishingiz va sichqonchaning chap tugmachasini bosishingiz kerak:

Agar o’quvchi so'zlarning yarmidan ko'pini “ushlashga” muvaffaq bo'lsa, u vazifani muvaffaqiyatli bajarilganini tasdiqlovchi yulduzchalarni qo´lga kiritadi va uchta yangi topshiriqni bajarish imkoniyatiga ega bo´ladi:

Javoblarning 2/3 qismi to'g'ri bo'lsagina, har bir topshiriq bajarilgan deb hisoblanadi. Har bir ma'ruza uchun belgilangan topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarganingizdan so´ng, siz to'rtta nishonni(beydjni) qo´lga kiritishingiz mumkin. Birinchi nishon 1-3-vazifalari uchun, ikkinchisi bonusli topshiriq uchun beriladi. Agar siz nemis tilida berilgan vazifalarni qo´shimcha bajarsangiz, ikkita qo'shimcha nishon(beydj) olishingiz mumkin. Biroq, nemis tilidagi topshiriqlarni bajarish ilmiy martaba ko'tarilishining zaruriy sharti emas. Bu faqatgina nemis tilini o'rganayotganlar uchun ozgina bonus.
Bir yoki boshqa tilda berilgan vazifalar maqsadi xar-xil: o´zbek va rus tilida berilgan vazifalar tematik maqsadga yo'naltirilgan (nemis tilini oldindan bilish shart emas), nemis tilidagi vazifalar esa farqli o´laroq nemis tilini o'rganishga qaratilgan.
Yuqoridagi bo'limda siz barcha mukofotlaringizni umumiy jamlanmasini topasiz. Qo´lga kritilgan mukofotlar rang bilan ajralib turadi va siz to'plashingiz kerak bo'lganlar mukofotzlar esa kulrang ko´rinishga ega bo´ladi.

Birinchi ma'ruzani muvaffaqiyatli tugatgandan va nishonlarni(beydjlarni) olganidan so'ng o’quvchilar o'z faoliyatini Bolalar universitetida davom ettirishlari mumkin: o’quvchidan (0-8 ma'ruza) bakalavrgacha (9 ma'ruza), magistr (15 ma'ruza), doktor (21 ma'ruza), kichik professor ( 27 ta ma'ruza) va professorning eng yuqori darajasiga qadar (30 ta ma'ruza) larni ishlab chiqishlari lozim.
Yuqoridagi chap burchakdagi ("Uy") tugmachasini bosish orqali siz bosh sahifaga qaytishingiz mumkin, bu erda barcha fakultetlar va ma'ruzalar haqida umumiy ma'lumot mavjud.
Savollaringiz bormi? Unda siz quyidagi elektron pochta orqali savollaringizni yuborishingiz mumkin.
Qiziqarli ma'ruzalarni tomosha qiling, topshiriqlarni bajaring va Bolalar universitetining ilmiy martaba pog'onasida ko'tariling! Umid qilamizki, bu sizga albatta yoqadi!