Madaniyat bilan yaqindan tanishish

“Biz Germaniya va O'zbekiston o'rtasidagi madaniy almashinuvni rag‘batlantiramiz. Biz san'at asarlarini birgalikda yaratish, his qilish va baholashga hissa qo'shadigan kino namoyishlari, ko'rgazmalar, konsertlar, seminarlar va festivallarni o'tkazamiz“.

Loyihalar

2022

Documenta fifteen  O'zbekistonda Collage: by @saodatismailova

Documenta 15 O'zbekistonda

Saodat Ismoilova va uning "DAVRA" guruhi ishtirokchilari documenta 15 izidan ko'rgazma va ommaviy dasturlarini taqdim etadi.
 

"Simurg" Xalqaro she'riyat festivali © Goethe-Institut Usbekistan

"Simurg" Xalqaro she'riyat festivali

“Semurg' ” Toshkent xalqaro she’riyat festivali 2022-yil 2-4-sentabr kunlari nemis zamonaviy she’riyati hamda Markaziy Osiyo yosh she’riyatining go'zal namunalarini taqdim etadi.

Shum bola 2022 © Goethe-Institut Usbekistan

Shum bola 2022

Gyote-Instituti, Shveytsariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda „Shlingel“ xalqaro kinofestivali (Xemnits, Germaniya) bilan hamkorlikda Toshkent shahrida “Shum bola 2022” IX Bolalar va o’smirlar kinofestivalini o‘tkazmoqda.
 

2021

New Olds © ifa

New Olds

New Olds ko'rgazmasi an'analar va innovatsiyalar o'rtasidagi ziddiyatga qaratilgan. Jami 60 ta ob'ekt qayta ishlash va tayyorlanishni, yangi materiallarni an'anaviy qayta ishlashni va dizayn klassikalarini o'zgartirishni namoyish etadi.

O‘rta Osiyo bo'ylab Grand Tour © Goethe-Institut

O‘rta Osiyo bo'ylab Grand Tour

Toshkentdagi Gyote instituti “O‘rta Osiyo bo‘ylab Grand Tur” sarlavhali adabiy loyiha doirasida badiiy tarjima bo‘yicha onlayn-seminar uchun konkurs e’lon qiladi.
Seminar badiiy tarjimon va adabiyotshunos Hafiza Qo‘chqorova hamda shoira Tillaniso boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

2020

Höre Dir hier den neuesten Popcast an! © Goethe-Institut | Illustration: DOON 東

Popkast - Germaniyadan qaynoq musiqa

Rok, hip-hop, elektro: har oy Kiel va Vaylhaym musiqa studiyalari va klublari e'tiboringizga taqdim etiladi. Bavariya radiosining  Zündfunk deb nomlangan radiojurnali bilan hamkorlikda Sizni hitparadlardan tashqarida sodir bo'layotgan yangiliklar bilan tanishtirib boramiz. Germaniyada yaratilgan sifatli pop musiqani shu yerda tinglang...

Europoly

Europoly

Europoly loyihasi Evropalilar hayotidagi, teatrdagi, filmlardagi Web saytlardagi o'zgarishlarni organib chiqib ular madaniyatga, shaxar va kishilarning har kungi hayotga qanday ta'sir qilganini o'rganadi.