Teatr san’ati bo’yicha seminar – GORKI X bilan o’yin orqali tilni o‘‘rganish

VIRTUAL TEATR
© Alexandra Harth/Astrid Petzoldt

Gorki X PASCH bilan birgalikda O'zbekiston, Tojikiston va Ukrainadagi PASCH-o’quvchilari uchun raqamli teatr bo'yicha Maksim Gorkiy nomidagi Berlin shahridagi teatrida "Elizabeth Bam" asari asosida master-klass o'tkazildi.
  
VIRTUAL TEATR
Gorki X-ning ikkita ma'ruzachisi bilan birgalikda Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyodagi 15-ta o’quvchilar Maksim Gorkiy nomidagi Berlin teatri misolida nemis teatrlari hayoti bilan tanishishdilar va Maksim Gorkiy teatrning badiiy yo'nalishini batafsil o'rgandilar.
"Elizabeth Bam" ning tanlangan asari asosida master-klass ishtirokchilari shakl, syujet va sahna kabi teatr vositalari va o'ziga xos so'z boyligi (kostyum, tovush, shovqinlar, janrlar, hissiyotlar, rekvizitlar va boshqalar) bilan tanishdilar.
O’quvchilar ijodiy impulslarga ega bo'lishdi va tana tili orqali qanday qilib ifodalash bo'yicha seminarda o'rgangan narsalarini darhol amalda qo'llashga muvaffaq bo'lishdi. Ular personajlar va tovushlar bilan o'yinni video-suratga olishdi va seminarning oxirgi kunida bir-birlariga taqdim etishdi.

© Alexandra Harth/Astrid Petzoldt
BEMA‘NI TEATR – HAR NARSADIR, LEKIN BEMA‘NI TEATRMAS
Seminar ishtirokchilari Gorkiy tomonidan sahnalashtirilgan, bosh qahramon va manzaraga urg'u berilgan Daniil Sharmsning spektakli bilan tanishdilar. Videoyozuvlar asosida ishtirokchilar sahnani bezatish va tayyorlashning elementlarini alohida muhokama qilib, ularni tarixiy kontekstda joylashtirishga muvaffaq bo'lishdi.
Asosiy e'tibor ishtirokchilar o'rtasidagi lingvistik ifoda va dialogga hamda o'z uslublarini rivojlantirishni rag'batlantirishga qaratildi. Shunday qilib, seminar ishtirokchilari nemis tilida ijodiy muloqot usullari bilan tanishdilar, ular tilni hali yuqori darajada bilmasada, lekin baribir ko'p narsalarni ifoda etishni xohlashadi.
VIRTUAL TEATR
© Alexandra Harth/Astrid Petzoldt