Maktab atrof muhit uchun

Umwelt macht Schule © Fotolia

Maktab atrof muhit muhofazasi uchun: fikrlash, tadqiq qilish, harakat qilish!

O’quvchilar jamoasi o’z yashash joylaridagi suv yoki havo sifati, elektr-energiya sarfi, hayvonot va o’simliklar dunyosi, chiqindilar, inson salomatligi/oziq-ovqat kabi ekologik muammolarni o’rganib chiqishadi. Ular aniq g’oyalar va tadbirlar bilan keng jamoatchilik e‘tiborini mavjud ekologik vaziyatga qaratadilar.
 
„Maktab atrof muhit muhofazasi uchun: fikrlash, tadqiq qilish, harakat qilish!“ loyihasi doirasida Gyote-Institut 2014 yildan buyon har yili maktab o’quvchilari orasida tanlov o’tkazadi. Ushbu tanlovning asosiy maqsadi yoshlar e’tiborini o’zlari yashab turgan hududdagi ekologik muammolarga qaratishdir.
 
Tanlovda 7-11 sinf o’quvchilari hamda ularning nemis tili va tabiy fanlar (biologiya, ekologiya, kimyo, fizika yoki geografiya) bo’yicha o’qituvchilari ishtirok etishlari mumkin.
 
O’quvchi-o’qituvchi jamoalari o’z yashash joylaridagi suv yoki havo sifati, elektr-energiya sarfi, hayvonot va o’simliklar dunyosi, chiqindilar, inson salomatligi/oziq-ovqat kabi ekologik muammolarni o’rganib chiqishadi. Ular aniq g’oyalar va tadbirlar bilan keng jamoatchilik e‘tiborini ekologik muammolarga qaratadilar.
 
Eng yaxshi jamoalar Ekologiya Xalqaro Yoshlar Kongressiga o`z loyihalarini nemis tilida taqdim etish uchun taklif qilinadi.
 
Loyiha Barqaror rivojlanish bo'yicha kengashning (RNE) "Barqaror rivojlanish loyihasi - 2017" sifat belgisiga sazovor bo'ldi.  Ushbu nishon dunyoni yanada adolatli, ekologik jihatdan sog'lom, ijtimoiy yo'naltirilgan, shuningdek, Germaniya va butun dunyoning barqaror rivojlanishiga alohida hissa qo'shadigan loyihalarga beriladi.

https://www.goethe.de/ins/ru/de/spr/eng/ums/21496668.html
Signet Transformationsprojekt 2017 © Transformationsprojekt 2017