Nemis tili darslarida zamonaviy adabiyotlar

Nemis tilida so'zlashadigan mamlakatlarda zamonaviy nemis adabiyoti va mintaqaviy tadqiqotlar
© Goethe-Institut Usbekistan

PASCH maktablarining 15 nafar nemis tili o‘qituvchilari Linz shahrida “das kollektiv” sifatida ishlayotgan o‘qituvchilar Rubia Salgado va Gergana Mineva bilan ikki kunlik online treningda qatnashdilar.

ZOOM’dagi ikki kunlik trening davomida ishtirokchilar nemis tilida birinchi yoki ikkinchi til sifatida muloqot qiladigan mualliflar bilan uchrashdilar. Guruhlarga bo´linib ishlash jarayonida  Danielli Cavalcandining "Deutsch als Fremdsprache? Nein, danke" she'rlari, May Ayimaning "Grenzenlos und unverschämt", Ernst Jandlning "my own song" she'rlari, shuningdek, "Rassis-Mus?" Farah Melterning kitobidan parchalar ko´rib chiqildi.

Bundan tashqari, ishtirokchilar sinfda ijodiy yozma ishning asosiy tushunchalari va nemis adabiyotini A1+ darajasidan boshlab o‘quvchiga yo‘naltirilgan holda o‘qishda ijodiy usullardan qanday foydalanish mumkinligi bilan tanishdilar.