Toshkent bo'ylab Yesenin izidan

Jessenin Intro
©Goethe-Institut Usbekistan

Rus shoiri Sergey Aleksandrovich Yesenin bundan 100 yil avval O'zbekiston poytaxtiga tashrif buyurgan edi. 1921 yilda Yesenin toshkentlik ziyolilar bilan uchrashish maqsadida Turkiston poytaxtiga tashrif buyuradi.

O`quv seminarida ishtirokchilar quyidagilarni o´rganadilar:

  • Yeseninning Markaziy Osiyoga  safari oldindan, safari davomida va undan keyin hujjatli tadqiqotlarni
  • eski gazeta maqolalarini nemis tilida qayta ishlash va ularni shahrning interaktiv xaritasida hayotga tatbiq etishning ijodiy usullari bilan tanishadi
  • shahar manzarasi va 100-yil ichida yuz beragan o’zgarish jarayonlari
  • nemis tilida so’zlashadigan sayyohlar uchun „Yesenin izidan“ shahar bo’ylab sayyohatni qanday tashkil etish mumkinligini

Talabalarning loyiha haqidagi taassurotlari:

“Bunday jamoa bilan ishlash imkoniyati meni yanada ilhomlanardi. Men Yesenin haqida ko'p ma'lumotga ega emas edim, shuning uchun men uchun mashhur rus shoiri va umuman rus she'riyati, shuningdek, 20-asr boshlari tarixi haqida yangi bilimlarga ega bo'lish qiziq edi. Menga “Yesenin izidan” loyihasi juda yoqdi, matnlar va xaritalar tuzish, unda Yesenin Toshkentga safari chog‘ida borgan joylarni belgilash qiziq edi” – Stepan Serebrennikov, JIDU qoshidagi PASCH litseyi o‘quvchisi

“Bu bizni bir jamoa bo'lib ishlashga undaydigan ajoyib loyiha. Biz birgalikda matnlar va xarita tuzdik, u erda Yesenin Toshkentga tashrif buyurgan joylarni belgiladik. Bunday loyiha har yili litsey va maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilishini istardim. Bunday loyihalar Toshkentda bo‘lgan boshqa yozuvchilarga ham bag‘ishlansa yaxshi bo‘lardi” - Anvarov Amir, JIDU qoshidagi PASCH litseyi o‘quvchisi

To‘g‘risini aytsam, adabiyotga umuman qiziqmasdim, lekin Toshkentdagi Yesenin muzeyiga borganimdan so‘ng menda adabiyot uchquni paydo bo‘ldi. Loyiha davomida men o'sha paytda odamlar qanday yashaganini, Yesenin qanday she'r o'qiganini his qildim va hatto ulardan ba'zilarini eshitdim. Bu loyihadan olgan taassurotlarim: shu kabi loyihalarni ko‘proq amalga oshirishimiz kerak, masalan, boshqa shoir va yozuvchilar haqida” – Mavlonov Xodjiahror, Toshkent shahridagi 112-PASCH maktabi o‘quvchisi
  • Jessenin 1 ©Goethe-Institut Usbekistan

  • Jessenin 2 ©Goethe-Institut Usbekistan