SEZ BITIRUVCHILAR YIG'LISHI

SEZ BITIRUVCHILAR YIG'LISHI
© Goethe-Institut Usbekistan

PASCH mintaqada yashayotgan, tahsil olayotgan yoki ishlayotgan Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodan kelgan sobiq PASCH talabalari uchun 3 kunlik bitiruvchilar uchrashuvini tashkil qildi.
 

Bu yilgi bitiruvchilar yig‘ilishida ishtirokchilar aloqa o´rnatish va tajriba almashish borasida Barcamp tushunchasi bilan tanishdilar, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi boshqa bitiruvchilar haqida, shuningdek, vizual dizayn fikrlash tamoyillari haqida ma’lumot oldilar va PASCH bitiruvchilarining barqaror tarmog'i uchun dastlabki g´oyalarni ishlab chiqardilar.
Biz aʼzolarimizdan bu yil ularga nima koʻproq yoqdi va Bitiruvchilar tarmogʻining kelajagi uchun qanday rejalari borligini soʻradik.

Feruza Uralova:
Loyiha juda ajoyib edi. Ushbu konferentsiya menga juda yoqdi. Yangi do'stlar orttirdim. Bundan tashqari, nemis tilidagi bilimlarimni yaxshiladim. Bilmagan narsalarimni o'rgandim. Loyiha davomida taqdimot o'tkazdik. Shuningdek, biz o'z fikrimizni bildirdik. Ko'plab yangi g'oyalarga ega bo´ldik.
Men nemis tilini o´rgatishning eng yaxshi usulini o'rgandim. Loyiha 3 kun davom etgan bo'lsa-da, menga  bir kunda tugaganday tuyuldi. Yana ishtirok etishni xohlagan bo´lardim. Bunday loyihalar va tanlovlar tez-tez tashkil etilishini juda xohlardim. Bu bizni ruhlantiradi. Loyihadan so'ng nemis tilini o'rganish istagim yanada oshdi. Hammasi uchun rahmat. "Pasch bitiruvchilarining uchrashuvlari" va Gyote instituti tashkilotchilariga o´z minnatdorchiligimni bildiraman. Men juda xursandman. Shu kabi loyihalarda ishtirok etishni yaxshi ko'raman.


Bekzod Utamurodov:
Loyiha juda ulkan va qiziqarli edi. PASCH bitiruvchilari ushbu loyiha sabab yanada yaqinlashishdi. Konferentsiya jarayonida hamma nemis tilida juda yaxshi gaplashishdi, shu sabab men nemis tilidagi bilimlarimni yaxshiladim va ko'plab yangi do'stlar orttirdim. Bundan tashqari, bir oz yoga bilan shug´ullandik.