Ekologik aksiya "Bir million daraxt"

Xalqaro innovasiya markazi bilan hamkorlikda PASCH Orol dengizi tubidagi o'rmonlarni tiklash bo'yicha "Bir million daraxt" ekologik aksiyasida ishtirok etdi.

Ilgari Orol dengizi bo'lgan joyda, endi Orolqum cho'lidir. Cho'l yeri shunchalik sho'r va zaharliki, u mahalliy aholining sog'ligiga katta zarar keltiradi. 
Aralforest tashabbusi doirasida tashkil qilingan "bir million daraxt" maktab aksiyasi Qoraqalpog'istondagi iqlim o'zgarishining salbiy ta'siriga qarshi kurashish maqsadida yilida ikki marta yosh daraxtlarni ekishga qaratilgan .

PASCH talabalari Orolqum cho‘lini o‘rmonzorlashtirishda

Koronavirus pandemiyasiga qaramay, PASCH va Xalqaro Innovasion Markaz o'rtasidagi hamkorlik tufayli Nukus shahridagi PASCH-liseyi o'quvchilari ushbu aksiyada qatnashdilar. Kelgusi yilda biz yanada ko'pchilik bo'lib qatnashamiz.

Loyiha haqida batafsil ma'lumotni bu yerda topishingiz mumkin: Aralforest.org