O´zbekiston mustaqilligi: imkoniyatlar va istiqbollar

O´zbekiston mustaqilligi: imkoniyatlar va istiqbollar 1991 -2021
© Goethe-Institut Usbekistan

Toshkentlik PASCH-maktablari o´quvchilari ikki o´zbek jurnalisti boshchilig‘ida O´zbekiston Respublikasi mustaqilligining imkoniyatlari va istiqbollarini muhokama qilishdi.

Uch kunlik seminarda ishtirokchilar hujjatli tadqiqot usullari va ularni 1991-yildan 2021-yilgacha qanday qo’llash mumkinligini o’rgandilar. Ikkinchi bosqichda ular ijodiy texnikalar, mavzuni batafsil muhokama qilish va natijalarni kollaj sifatida qanday shakllantirish va hujjatlashtirish haqida bilib oldilar. Ishtirokchilar intuitiv tarzda mehnat bozori misolida hozirgi yoshlarning kelajagini qayd etish uchun mamlakatda qanday jarayonalar sodir bo´lganligini va ularni qanday o´rganish mumkinligini bilib oladilar.

Mustaqillik O'zbekiston mehnat bozori va professional profiliga qanday ta'sir qildi, degan savol o’quvchilar uchun eng asosiy edi. O’qvchilar ikki guruhga bo'linib quyidagi mavzularni ko'rib chiqdilar:

  • Birinchi guruh sotsializm bilan nimalar yo'qotilganligini o'rganib chiqdi. Xususan, qanday kasblar va ta'lim muassasalari yo'qoldi, ishsizlik darajasi qanchalik yuqori edi va odamlarning farovonligi o'zgargan edimi.
  • Ikkinchi guruh O'zbekiston mustaqillikga erishgani bilan qanday o’zgarishlar bo’lib o’tganini o'rganib chiqdi. Bu guruh, ayniqsa, yangi kasblar va ta'lim muassasalariga, shuningdek, bu fuqarolarning farovonligiga qanday ta'sir qilganiga qiziqdi. 
Ikkala guruhdagi yondashuv jurnalistika tadqiqotida Soft-Skills ko'nikmalariga asoslangan edi. Ishtirokchilar yuqoridagi mavzular bo'yicha eski gazeta maqolalarini o'rganishdi, jurnalistlar o'sha paytlar qanday bashoratlar qilingan, nimalar ro'yobga chiqqani va kelajak uchun haligacha ochiq qolgan narsalarni solishtirishdi.