UmWelten

1-guruh ISBB tajriba maydonida va Xisorak suv omborida suratga olish ishlarida
1-guruh ISBB tajriba maydonida va Xisorak suv omborida suratga olish ishlarida | © Silke Beller

 

To’rt davlatdan kelgan „Maktablar: kelajak hamkorlari“ loyihasi o’quvchilari bilan o’tkaziladigan Markaziy Osiyoda suv mavzusiga bag‘ishlangan film–mahorat darslari

  
Sentyabr oyida Qarshi – O’zbekiston Respublikasi janubidagi kichik shahar – Markaziy Osiyoda iqlim o’zgarishi va resurslar yetishmovchiligini taqdim qiladigan joyga aylanadi. Bir haftalik film–mahorat darslari mobaynida Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va O’zbekistondan 20 nafar PASCH-o’quvchilar suv resursi bilan intensiv ravishda shug’ullanadilar. O’z tadqiqotlari, mutaxassislar bilan intervyu hamda shaxsiy g‘oyalari asosida ular suv sifati va suv menejmenti to’g’risida Markaziy Osiyoga xos bo'lgan shaharlardan biri – Qarshi shahrida ikkita film suratga oladilar.

O’zlarining tadqiqotlarida o’quvchilar quyidagi savollarga javob qidiradilar: Agar millatlararo suv resurslari milliy nuqtai nazardan ishlatilsa atrof-muhitda qanday muammolar paydo bo’ladi? Resurslar yetishmovchiligi kambag’allik va xronik kasalliklar bilan qay tarzda bog’liq? Ushbu tendentsiyalarni to’xtatish uchun iqtisodiy rag’bat bormi? Ularning o’zi suv resurslarini saqlab qolishga qanday hissa qo’sha oladilar? Ular o’z savollariga javob qidirib PASCH-o‘quvchilari bilan intervyu uchun vaqt ajratgan hamda Qarshiga boradigan Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati vakili bilan ko’rishadilar.

Qashqadaryodagi pilot regioniga safar va suratga olish ishlari
 

Birgalikda suratga olish uslubi asosida va Glocalfilms nomli filmlar ishlab chiqarish notijorat firmasining direktorlari boshchiligida UmWelten loyihasi ishtirokchilari Markaziy Osiyodagi suv ta'minoti muammosining turli jihatlarini o'rganib, ikkita videofilm yaratadilar.

Birinchi filmda o’quvchilar suvning joylardagi zaxiralari bilan shug’ullanib, Markaziy Osiyoda suv tanqisligi sabablarini topishadi, shuningdek, sug’orish tizimi bilan cho’l yerni ham yashil vohaga aylantirish mumkinligi misolida millatlararo suv menejmenti imkoniyatlarini ko’rib chiqadilar.

Hisorak suv omboridagi to'g'on boshlig'i bilan intervyu Hisorak suv omboridagi to'g'on boshlig'i bilan intervyu | © JJ Ikkinchi film uchun o’quvchilar mahallaga hamda shahar markaziga borib, mahalliy aholi bilan intervyu olib boradilar, kundalik hayotdagi kam miqdordagi suv bilan to’qnashganda ovoragarchiliklar va ehtiyojlarni hujjatli suratga oladilar.

Mahorat darslari boshlovchilari PASCH-o’quvchilarini kamera va tovush texnikasiga o’rgatadilar va buning natijasida bolalar atrof-muhit va suvlarni asrash mavzusida o’zlarining so’z boyliklarini chuqurlashtirib, yozma, og’zaki nutq va eshitib tushunish qobiliyatlarini yaxshilaydilar, qolaversa guruhlarda matn yozib, intervyular olib borib, video uchun subtitrlar tayyorlaydilar. Loyihaning oxirgi kuni filmlar Toshkentdagi Gyote-Institutda taqdim qilinadi va UmWelten loyihasi qatnashchilari taklif qilingan jamoat bilan munozaralar uchun tayyor bo’ladilar.
 
2-guruh Mahalla va shahar markazida suratga olish jarayonida 2-guruh Mahalla va shahar markazida suratga olish jarayonida | © Sabohat Rajabova

PASCH-maktablarda ongli faoliyat

  Qisqa bir hafta ichida PASCH-o’quvchilari zimmalariga film muallifligi, jurnalistlar va atrof-muhit bo’yicha mutaxassislar rollarini olishadi. Keyinroq o’z maktablarida ular multiplikator obrazida namoyon bo’lib, o’z sinfdoshlarini Markaziy Osiyoda atrof-muhitdagi muammolarga nisbatan ahamiyatli bo’lishga chaqiradilar, tajribalaridan kelib chiqib yaxshi misollar ko’rsatadilar hamda ularda qiziqish va mustaqil tashabbus uyg’otadilar.

UmWelten loyihasining bir qator filmlari, shu jumladan Keniya, Uganda va Pokistonda suratga olingan filmlar atrof-muhit oyligi doirasida Toshkentdagi Gyote-Institutning kutubxonasida taqdim qilinadi. Buning natijasida UmWelten filmlari dars uchun moslashtirilib, nemis tili darsida ushbu filmlardan foydalanishga imkoniyat yaratiladi hamda bu bilan birga u yerda ijtimoiy munozaralar uchun himoyalangan makon yaratilib, atrof-muhitdagi texnik savollarda bilim va tushunchalar rivojlanladi. 
 

Gyote-Institutda filmlar namoyishi va UmWeltenning barcha ishtirokchilari bilan bahs-munozaralar Gyote-Institutda filmlar namoyishi va UmWeltenning barcha ishtirokchilari bilan bahs-munozaralar | © Sabohat Rajabova UmWelten filmlari seriyasi – xalqaro  filmlar PASCH-loyihasi
 
Treyler

 
PASCH-o’quvchilar Vyetnamda, Pokistonda, Ugandada, Ukrainada, O’zbekistonda, Avstraliyada, Keniya hamda Indoneziyada o’z qo’shnilari va yaqinlaridan atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha bu paytgacha mavjud bo’lgan loyihalar va atrof-muhit muhofazasi nimani anglatishi haqida bilib oldilar hamda bu mavzuga oid yaxshi tajribalar misollarini hujjatli filmlar ko’rinishida yoritib berdilar.