NEMIS TILI VA ANIQ FANLAR O’QITUVCHILARI UCHUN BIRINCHI TANDEM – MAHORAT DARSLARI

NEMIS TILI VA ANIQ FANLAR O’QITUVCHILARI UCHUN BIRINCHI TANDEM – MAHORAT DARSLARI
NEMIS TILI VA ANIQ FANLAR O’QITUVCHILARI UCHUN BIRINCHI TANDEM – MAHORAT DARSLARI | © privat

Nemis tili va boshqa darslarda tadqiqiy bilim olishni amalga oshirish

Ko’plab PASCH-maktablari o’quv dasturida o’z e’tiborlarini aniq fanlarga allaqachon qaratib bo’ldilar. 2019/20 o’quv yili boshlanishidan oldin PASCH-o’qituvchilari o’zlarining aniq fanlar bo’yicha hamkasblari bilan tandemlar (almashish uchun ikki kishilik guruhlar) tuzib, hammalari birgalikda Toshkentga 5 kunlik mahorat darslariga keldilar.
Nafaqat fan o’qituvchilari, balki nemis tili murabbiylari ham darsda tajribalar o’tkazish, kodlashtirish, dasturlash asoslari kabi innovatsion o’quv ko’nikmalari bilan tanishdilar. So’ng esa ular quyidagi dasturlar bilan ishlab ko’rdilar: SURFER – polinomlarning uch dimensiyali vizualizatsiyasini ta‘minlay oladigan dastur, SINDERELLA – geometriya, massa va quvvat sohalarida simulatsiyani amalga oshiradigan dastur hamda MAPPAE MUNDI – sferik geometriya uchun mo’ljallangan dastur.
Mint
Foto: Privat
 
CALLIOPE MINI va bolalar universitetini darslarda tadbiq qilish imkoniyatlarini birinchi marotaba bu sohada tajribasi bor nemis tili o’qituvchilari bilan bir qatorda bu safar fan o’qituvchilari ham qo’llab ko’rdilar. Barcha dasturlarni fan o’qituvchilari boshida ularga tadqiqiy bilim olish mavzusi begona bo’lgani va bu ularda biroz ishonchsizlik keltirganiga qaramasdan yaxshi qabul qildilar. Shuningdek, nemis tili o’qituvchilari ham o’z hamkasblarining bilimlaridan foydalanib, aniq fanlarni tandemda o’rgatishni juda yaxshi g’oya deb topdilar.

PASCH-maktablarida aniq fanlar darslari tushunchasi

Aniq fanlar o’qituvchilari Germaniyadagi turli xil dasturlar va tajribadan kelib chiqqan xisobotlar bilan tanishganidan so’ng, birinchi ikki kun davomida ular aniq fanlar sohasidagi tajribalar o’tkazish, rivojlantiradigan o’yinlar, guruhda tadqiqot, o’quv kundaliklari, birgalikda ta’lim olish va boshqalar kabi ko’nikmalarni tadbiq etish uchun o’quv materiallari ishlab chiqdilar. Bu bilan bir qatorda nemis tili o’qituvchilari so’z boyligi bilan ishlash, o’quv texnikasi, matnni og’zaki va yozma yaratish texnikasi haqidagi o’zlarining aniq fan bo’yicha hamkasb-tandemlarining mavzulariga mos materiallarni shunday ishlab chiqishdiki, mahorat darslarining oxirgi kunida plenumda loyihalar haftaligi uchun 12ta eskiz taqdim va muhokama qilindi.