PASCH talabalari uchun IT-seminar

IT-Workshop
 

Germaniyadan tashrif buyurgan axborot texnologiyalari mutaxassisi Ahmad Sadulaev 7 dekabr kuni PASCH – Maktablar: kelajak hamkorlari dasturidagi maktablarida IT sohasiga qiziqqan o'quvchilar uchun mahorat-darsini o'tkazdi.

Bizning Workshop referentimiz Toshkentdagi Gyote nomidagi 60-maktabda o'qib, keyinchalik Germaniyada tahsil olgan, hozirda esa Berlin shahrida IT sohasida faoliyat yuritmoqda.

Onlayn seminar Germaniyada, ayniqsa, informatika sohasida ta'lim tizimi haqida umumiy ma'lumot berish uchun mo'ljallangan edi. Bundan tashqari, tadbir davomida ishtirokchilarga mustaqil dasturlash imkoniyati berildi.

IT bo'yicha mahorat darsi ishtirokchilari Foto: © Privat
Seminar ikki qismdan iborat bo`lib: birinchi bo'limda IT mutaxassisi Germaniyada o'qish imkoniyatlari va tayyorgarlik kollejiga (Studienkolleg) kirish tajribasi, oliy o'quv yurtiga ariza berish va butun o'quv jarayoni haqida gapirdi. Berlin amaliy fanlar universiteti va Berlindagi Gumboldt universiteti misolida Germaniya ta'lim tizimi va uning xususiyatlari haqida ma'lumot berildi. Workshop ishtirokchilari oliy o'quv yurtini tanlashda nimalarga e'tibor berish kerakligini, ixtisoslashtirilgan oliy o'quv yurti universitetdan qanday farq qilishini va o'qishni tugatgandan so'ng Germaniya va O'zbekistonda qanday professional istiqbollar borligini bilib oldilar.

Ikkinchi qismda ishtirokchilar saytni yaratishda ishlatiladigan ba'zi qiziqarli texnika va vositalar bilan tanishdilar. O'z kompyuterlarida talabalar veb-saytni matn va grafik elementlar bilan mustaqil ravishda to'ldirishga va axborot saytlari asosidagi dasturlash tamoyillarini tushunishga harakat qilishdi.