Elmira Nuriahmedova- fotograf

Elmira Nuriahmedova- fotograf
© Privat

Xayrli tong, Elmira, yaxshimisiz?
Yaxshi, rahmat.

Sizning sevimli mashg'ulotingiz qaysi? 
Fotosuratga olish mening sevimli mashg'ulotim, endi esa bu mening kasbimga aylandi.

Siz qaysi mamlakatlarga tashrif buyurdingiz?
Men Hindistonda, Rossiyada, Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlarida: Tojikiston, Qozog'iston, Qirg'izistonda bo'lganman, Birlashgan Arab Amirliklarida bo'lganman va Angliyada yashaganman. Mening ishim ham menga bu imkoniyatni berdi. Masalan, men Dubayga deyarli har yili uchaman, chunki u yerda bitta kompaniya bilan ishlayman.

Siz qaysi yo’nalish bo’yicha o'qidingiz?
JIDUda xalqaro huquq yo’nalish bo'yicha o'qidim. Men matematikani yaxshi bilmasligimni va gumanitar fanlarni chindan ham yaxshi ko'rganimni bilardim. Men juda ambitsiyali odamman, shuning uchun men uchun O'zbekistondagi eng yaxshi universitetda o'qish juda muhim edi. U esa Toshkentdagi Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti edi. Ammo qonun va huquq men uchun deb aytolmayman. Meni ayollarning huquqlari va jamiyatdagi ijtimoiy muammolar qiziqtiradi. Biroq, suratga olishni juda yaxshi ko'raman.

Fotosuratlar olamiga qanday keldingiz?
Rostini aytsam, men doimo fotosuratga qiziqqanman. Men doimo qo'limda kamera bilan bo'lganligimni eslayman. O’qishimni bitirganimdan song, men turli loyihalarda ishladim. Bitta loyiha tugagandan so'ng men bir necha oy tanaffus qildim va biz loyiha uzaytirilishi yoki uzaytirilmasligini aniq bilmas edik. Shuning uchun kutishdan boshqa ilojim qolmadi. Shu vaqt ichida men Toshkentda fotografiya kurslariga borishga qaror qildim. Men fotosuratni doim qiziqarli deb oylar edim. O'sha paytda bizning loyihamiz uzaytirilmadi va men fotograf sifatida ishlay boshladim.

Fotosuratga o'rgatgan birinchi ustozingiz kim edi?
Mening birinchi ustozim Aleksandr Borisov edi. Men ishtirok etgan birinchi fotosurat kurslari rahbari edi.
Siz qanday kameradan foydalanasiz?Men Canon Mark 4 5D kamerasidan foydalanaman.
Siz kasb tanlashingizga ota-onangiz qanday munosabatda bo'lishdi?Avvaliga ular men tanlagan kasbimga qarshi edi. Ular buni yana vaqtinchalik sevimli mashg'ulot deb o'ylashdi, ammo vaqt o'tishi bilan men aynan shu bilan shug’ulanmoqchiligimni ko'rdilar va endi ular men bilan faxrlanishadi.

Siz uchun namunali fotosuratchi kim bo’ladi va yutuqlariz uchun kimga vafadorsiz?
Menga namuna bo’la oladigan aniq fotosuratchi yoq va men fotosuratchilarni ideal yoki namuna sifatida baholamayman.

Siz fotosessiyaga qanday tayyorgarlik ko’rasiz?
Boshida men mijoz bilan kontseptsiyani muhokama qilib chiqaman. Men uchun yakuniy natijani ko'rish juda muhimdir. Shunda men bu fikrni boshimdan amalga oshirishim mumkin. Mijozlar menga o'zlarining aniq g'oyalarini aytib berishlari men uchun juda muhim va natija qoniqarli bo'lishi uchun fotograf sifatida insonning mohiyatini his qilishim kerak. Men odamlarni chiroyli va xunuk, yaxshi va yomonga ajratmayman. Suratga olishim kerak bo'lgan odamni tahlil qilgandan so'ng, qaysi yorug'likni tanlash kerak, qaysi kiyim to’g’ri keladi, bu odamning kuchli tomonlari nimada: qaysi pozasi yaxshiroq va hokazo.

Fotosuratlarda sizning qo'l yozuvingiz qanday?
Vaqt o'tishi bilan men haqiqatan ham suratga olish uslubimni rivojlantirdim. Mening fotosuratlarimga qarab, ma'lum bir kayfiyatni yetkazadigan ba'zi bir ohanglarni, yorug'lik sharoitlarini tanlaganimni sezasiz. Mening fotosuratlarimda sharq tafsilotlari juda yoqadi. Kichkina bo'lsa ham, fotosuratga boshqacha o'lchov beradi.
Veb-saytingizda siz TFP suratni ham olib borayotganingizni ko'rdik. Men bu tushunchani tushunmadim.

Bu nimani anglatishini bizga tushuntirib bera olasizmi?
TFP- bu xalqaro fotografiya amaliyotidir. Bu ingliz tilida time for pictures degani. Bu shuni anglatadiki, fotograf sifatida men ba'zan amalga oshirishni istagan ijodiy g'oyalarim bor. Ishni endi boshlayotgan modellarni izlayapman. Modellarga odatda chiroyli fotosuratlar bilan portfoliolar kerak. Ammo siz model sifatida birinchi marta ish boshlaganingizda, portfoliongizda juda ko'p fotosuratlar mavjud emas. Bundan tashqari, modellar uchun professional tasvirlar qimmatlik qiladi. Shuning uchun modellar TFP suratga olishga rozi. Bu yerda model o'z portfolioda foydalanishga ruxsat berilgan bepul rasmlarni oladi (ammo bu rasmlardan tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas) va fotosuratchilar rasmlarga mualliflik huquqi va tijorat huquqlariga egalik qiladi.

Qaysi yuzlarni suratga olishni afzal ko'rasiz: bo'yangan yoki bo’yanmagan yuzlarnimi?
Bu haqida nima deb o'ylaysiz?Fotosessiyalar turli xil bo‘ladi, barchasi qanday loyihada ishlashingizga bog'liq. Ba'zida insonning terini va tabiiy go'zalligini ko'rsatish kerak bo'ladi, bu yerda, albatta, siz makiyajsiz modellarni suratga olishingiz kerak. Kamera- inson ko'zi emas, u hali ham odam terini u qadar aniq ko'rsatmaydi, masalan. Va ba'zida rasmdagi ma'lum bir kayfiyatni yetkazish uchun sizga chindan ham kuchli bo'yanish kerak.

Ayol sifatida siz jinsi bo'yicha kamsitilganmisiz?
Shuni tan olishim kerakki, shu paytgacha O'zbekistonda men kamsitilmaganman. Fotosuratchi sifatida ish boshlaganimda, ozgina ishonchsizlik paydo bo'ldi, ammo endi yo'q.

Kelajak uchun qanday rejalaringiz bor?
Men yanada rivojlanib, yangi narsalarni o'rganmoqchiman. Balki bir necha yil ichida men yana bir san'at turi bilan shug'ullanarman. Ko'ramiz.

Matn asl shaklida taqdim etilgan. Ishtirok etganingiz uchun barchangizga tashakkur.