Umida Axmedova- fotograf va rejissyor

Umida Axmedova- fotograf va rejissyor
© Privat

Fotosuratlar olamiga qanday keldingiz?
O'qish paytida fotografiya san'atini o'rganganman. O'sha paytda, Moskvada operator bo'lish uchun fotografiyani yaxshi bilish kerak edi.

Sizning birinchi kamerangiz qaysi edi?
Universitetga tayyorgarlik ko'rayotganimda kollejda birinchi kameramni oldim. Bu havaskorlar uchun Sovet Zenit kamerasi edi. O'sha paytda, Sovet Ittifoqi davrida suratga olish juda murakkab jarayon edi. Agar biz 35-ta kadrdan 5-ta yaxshi kadrni  qo'lga kiritgan bo'lsak juda xursand bo'lgan edik. Raqamli kameralar paydo bo'lganda, men Canon M3 sotib oldim.
Kasbingiz nima?Kasbim bo'yicha fotograf va operatorman.

O'shanda yosh qiz sifatida fotograf bo'lish qanday edi?
Ota-onamning yordamisiz men hech narsaga erishmagan bo'lar edim. O'shanda hamma meni ustimdan kulishgan edi. Tasavvur qiling, odamlar yosh ayolni kamera bilan ko'rib, hayron qolishar edi. Qo'lida kamerasi bo'lgan yosh ayol hijob kiyishdan bosh tortgan ayolga o'xshar edi. Odamlar buni ko'rishga odatlangan emas edilar. Islom Karimov prezidentligi davrida hatto fotosuratlarim tufayli tahdid qilishgan.

Fotograf sifatida ishizda qanday qiyinchiliklarga uchradingiz?
Fotosuratchi sifatida siz boyib ketmaysiz. Bu boshidanoq aniq bo'lishi kerak. Siz buyurtmalarga bog'liqsiz. Siz reklama agentliklarida ishlashingiz va shu pulga yashashingiz mumkin. Ammo ijodiy fotosuratlar yaratish orqali pul topish qiyin. Bu esa O'zbekistonda katta ahamiyatga ega emas. Bundan tashqari, bizning vaqtimizda, har bir kishi smartfonga ega bo'lsa, siz o'zingiz suratga olishingiz mumkin. Shuning uchun men o'zimning kasbimni, bu holda fotografning kasbini sevishim va unga sodiq qolishim juda muhim deb o'ylayman. Va bu juda qiyin masala.
Bundan tashqari, har bir fotosuratchi olgan suratlarini saqlab qolishi shart. Bizning butun dunyomiz tarixdir. Bugungi kun ertangi kunning hikoyasi. Bugun olgan fotosuratlaringiz ertaga ushbu voqeani aytib beradi va namoyish etadi. Siz bu vaqt haqida, odamlar va ularning hayoti haqida aytib berasiz. Bu meni juda ham quvontiradi.

Sizning ishingiz to'g'risida turmush o'rtog'ingiz va oilangiz qanday fikrda?
Turmush o’rtog’im ham fotograf. Biz ko'pincha turli xil loyihalarda birgalikda ishlaymiz. U meni juda qo'llab-quvvatlaydi! Va bu juda muhim. O'zbekistonda ayol uchun oilaviy yordamisiz o'z-o'zidan biror narsaga erishish juda qiyin. Bolalar ham ota-onalarining ishlarini hurmat qilishlari kerak. Bu juda muhim, chunki aynan bolalar ota-ona kasbini saqlab, boshqalarga bu haqda aytib berishadi. Shuning uchun men bolalarimni shunday tarbiya qilishga harakat qildim, ular mening kasbimni hurmat qilishlari va qadrlashari uchun.

Karantin paytda suratga olishni davom ettirdingizmi?
Albatta. Fotosuratlar jamiyatda sodir bo'layotgan o'zgarishlarni aks ettiradi.

O'zbekistondagi jamiyatning fotosuratga munosabati qanday?
Bilasizmi, qo'shiq aytishni yaxshi ko'radigan kishi darhol qo'shiqchiga aylanmaydi. Hozirgi kunda professional fotograflar uchun bu oson emas. Jamiyat fotografiyani san'at deb hisoblamaydi. Avval aytib o'tganimdek, bugungi kunda ko'pchilik yaxshi kamerali smartfonlarga ega va ular suratga olish oson deb o'ylashadi. Hamma o'zini fotograf deb o'ylaydi. Jamiyatimiz fotosuratchilarning ishini qadrlamaydi va ko’pincha tushunmaydi.

Suratga olish paytida siz hali ham tashvishlanasizmi?
Har doim ma'lum darajada hayajon bor. Men buni deyarli birinchi marta qilayotganday his qilaman. Ammo bu hayajonni saqlab qolish mening ishimning sehrli qismidir.

Ko'p yillar davomida sizning uslubingiz o'zgarib qoldimi?
Mening asosiy uslubim bir xil bo'lib qoldi. Men haligacha odamlarni rasmga olishni yaxshi ko'raman. Ilgari men shunchaki uyimiz va mahallamizni suratga olgan edim. Bugun men hamma narsani va hamma joylarni suratga olaman. Biroq, mening ob'yektivim odamlarning hayotiga qaratilgan bo'lsa, bu menga yoqadi.

Ayni paytda qanday loyihalar ustida ishlayapsiz?
Men hozirda galereyalardagi ko'rgazmalar uchun ishlayapman. Mening bir nechta doimiy loyihalarim bor, jumladan qaynonalar va kelinlar. Oddiygina qaynona va kelinlarni suratga tushirib, kelin qanday bo'lishini va qaynona hamma narsani qanday ko'rishini namoyish qildim. Ayni paytda men o'z ko'rgazmalarimni Gamburg va Karlsruyedagi galereya uchun tayyorgarlik ko’rmoqdaman.
 
Matn asl shaklida taqdim etilgan. Ishtirok etganingiz uchun barchangizga tashakkur.